Daryo

Tayvanda 7,5 va 6,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi (video)

Bu orolda so‘nggi 25 yilda kuzatilgan eng kuchli yer silkinishlari hisoblanadi. Qurbonlar va jarohatlanganlar borligi aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish32 854 ko‘rishlar0 izoh0

Tayvanda ikkita kuchli 7,5 va 6,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

China Times nashri Tayvan meteorologlariga tayanib, zilzilalar 7,2 va 6,5 magnitudani tashkil etganini yozmoqda. Kuchli silkinish Tayvanning sharqiy sohilidagi Xualyan shahrida sezilgan. Hodisa oqibatida binolarga zarar yetgan, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Biroq Reuters nashri kamida bir kishi halok bo‘lgani, 50 dan ortiq kishi jarohatlanganini yozmoqda. Raqamlar vaziyatdan kelib chiqib, oshishi mumkin. Zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda allaqachon qutqaruvchilar ishlamoqda. 

Ta’kidlanishicha, bu so‘nggi 25 yilda kuzatilgan eng kuchli zilzila hisoblanadi — 1999-yil 21-sentyabrda orolda 7,3 magnitudali zilzila qayd etilgandi. 

Yevropa–O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi zilzila (7,4) Toshkent vaqti bilan 04:58 da, ikkinchisi esa (6,5) 5:11 da yuz bergan. Keyin 4,4 va 5,7 ballgacha yer silkinishlari qayd etilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar