O‘zbekistonda 2023-yili doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilda 73,8 yoshni tashkil etgan. 2024-yilning 1-yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi:
- ayollar uchun – 76,9 yosh
- erkaklar uchun – 72,5 yosh
2023-yil boshida respublika aholisining tug‘ilishda kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,3 yoshni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Ushbu ko‘rsatkich erkaklar uchun 72,1 yosh, ayollar uchun 76,6 yoshga to‘g‘ri kelgandi. Shu bilan birga, o‘rtacha umr ko‘rish davri shahar joylarda 74,8 yosh, qishloq joylarda 73,6 yoshni tashkil etayotgani xabar aytilgan.
Izoh (0)