• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘qituvchi va hamshiralar majburlandi, hatto ruhiy bemorlardan ovoz yig‘ildi: galdagi “Open byudjet” nimasi bilan yodda qoldi?

    Xabaringiz bor, “Tashabbusli byudjet”ning 2024-yildagi birinchi mavsumi uchun ovoz berish 16-mart kuni soat 00:00 dan boshlangan bo‘lib, jarayon kecha 4-aprel kuni soat 00:00 da yakunlandi. Navbatdagi ovoz yig‘ish jarayonlari o‘qituvchi va hamshiralarning ovoz to‘plashga majburlanishi, sovrin uchun Gentra, Nexia kabi avtomobillar, o‘nlab qo‘zi va va’da qilinishi bilan yodda qolgani bor gap. “Daryo” jurnalisti Toshkent shahrida “Open byudjet”ga ovoz to‘plash jarayonlari qanday kechganini o‘rgandi. 

    “Bir pasportga bir ovoz tamoyili narxni oshirdi”

    Toshkentda xalq tilida universam bozor nomini olgan Yunusobod dehqon bozori yonidagi tunnel oldida qo‘nim topgan ovoz yig‘uvchilar 4-aprel kuni har bir ovoz uchun 40 ming so‘mgacha haq to‘ladi.

    Foto: “Daryo”
    Bugun ovoz yig‘ishning oxirgi kuni bo‘lgani uchun narxlar tushdi. Kecha va undan oldingi kuni har bir ovoz uchun 50-60 ming so‘mdan to‘lab bergan bo‘lsak, bugun (4-aprel) eng yuqori narx 40 ming so‘m bo‘lmoqda, — deydi shaxsini ochiqlashni istamagan ovoz yig‘uvchi. 

    Talaba ekanini aytgan suhbatdoshning aytishicha, ular buyurtmachidan har bir ovoz uchun 80 ming so‘mgacha pul olgan. 

    Foto: “Daryo”
    Narxlar oshgan paytda ovoz beruvchilarga 60 ming so‘mdan to‘laganimizda buyurtmachidan — ya’ni loyiha tashabbuskori bo‘lgan mahalla ahlidan 80 ming so‘mdan haq oldik. Va xizmatimiz uchun 20 ming so‘m olib qoldik. Bugun narxlar 40 ming so‘mga tushgach, buyurtma qiluvchilardan 40 ming so‘mdan olyapmiz. Bir pasportga bir ovoz tamoyilini ilgari surishgach, narxlar oshib ketdi. O‘tgan yili ovoz berish jarayonlari tugayotgan paytda bir ovozga 1 litr yog‘ bergan bo‘lsak, joriy mavsumda 3 litr yog‘ berilyapti. Bu bizdek talabalarni yollab, ovoz to‘plashga harakat qilayotgan mahalla ahliga qimmatga tushmoqda. O‘tgan yili loyihani yutish uchun 40 million sarflagan aholi bu yilgi mavsumda 100 million so‘mgacha xarajat qildi, — deydi suhbatdosh talaba. 

    Loyiha uchun ovoz yig‘ishga 200 million sarflab, mag‘lub bo‘lganlar bor

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan ovoz yig‘uvchilarga ko‘ra, joriy mavsumda ovoz yig‘ish uchun 200 million mablag‘ sarflab, loyihada g‘olib bo‘lolmayotganlar ham bor. 

    Foto: “Daryo”
    Jizzaxdan bir loyihaga ovoz yig‘ib berishimizni so‘rashdi. 200 million so‘m xarajat qilib, ovoz to‘pladik. Bugun (4-aprel) oxirgi kun mana, ammo natijalari yaxshi emas. Yutolmayapti, — deydi suhbatdosh talaba. 

    “Ovoz kamligidan ruhiy ga ham borildi”

    “Open byudjet” loyihasida mahallalarga ovoz yig‘ib berish bilan shug‘ullanuvchi talaba yoshlarning aytishicha, joriy mavsumda bir pasportga bir ovoz tamoyili ovozlar sonining keskin kamayib ketishiga ham olib kelgan. 

    Foto: “Daryo”
    Mavsum boshida bir o‘zim 100 ta ovoz yig‘gan bo‘lsam, hozir 4-5 kishi zo‘rga kuniga 100 ta ovoz yig‘yapmiz. Bir pasportga bir ovoz tamoyili ovozlar sonining keskin kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Iloji bo‘lsa, shu talabni bekor qilish kerak. Mahallalar, loyiha yutishiga pul tikuvchilar qiynalib qolishdi, — deydi u.

    Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi loyihalarning biriga mualliflik qilayotgan suhbatdoshning aytishicha, qishloqdan 50 nafar kishi Toshkent shahriga kelib, shaharning turli hududlarida, asosan bozorlarda bo‘lib, ovoz yig‘ishga kirishgan. 

    Ayni kungacha 35-40 million so‘m xarajat qildik. Hech kimni yollamay, o‘zimiz odamlarga 17 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha pul to‘lab, ovoz to‘pladik. Mahallamiz kichik mahalla bo‘lib, 2000 nafar kishi yashaydi. Mahallamizdagi maktabda sport zal yo‘qligi uchun, har yili rahbarlarga iltimos qilib charchagandik. Bu yil o‘zimiz ovoz to‘plab, “Open byudjet” orqali sport zal qurilishiga erishmoqchimiz. Sakkiz mingdan ortiq ovoz to‘pladik. G‘olib bo‘lishimiz aniq, — deydi suhbatdosh.
    Foto: “Daryo”

    O‘qituvchilar, hamshiralar ovoz yig‘ishga majburlandi

    Muammosi borlar, xususan tashkilot va korxonalar, hatto hokimlik mas’ullari ham “Open byudjet”dan keladigan mablag‘ga shu darajada mehr qo‘ydiki, buning uchun ishchilarni majburiy mehnatga jalb qilishdan ham tap-tortmadi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qiziltepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘lmas Istamovga tegishli deya aytilayotgan audio tarqalganidan xabaringiz bor. Hokim o‘rinbosari tashkilot rahbarlariga kun davomida 50 tadan ovoz yig‘masa ishdan olish bilan tahdid qilgan.

    Hozir hokim topshiriq berdilar. Agar natija qilmaydigan bo‘lsang, xafa bo‘lib o‘tirma”, — deya do‘q qilgan hokim o‘rinbosari.
    O‘lmas Istamov.
    Foto: Qiziltepa tumani hokimligi axborot xizmati

    U maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, deputat Nodira Atamurotovani alohida savolga tutib, nima uchun natija yo‘qligini so‘ragan. Deputat esa “Ha, natija qilamiz”, deya javob bergan. “Qani natija qilganingiz? Atamurotova misolida qolgan hamma bog‘chalarga aytyapman ... bugun kadrlar masalasi bo‘yicha katta o‘zgarish bo‘ladi. Bog‘cha mudirlarining 50 foizi ishdan ketadi. Hamma ishingizni yig‘ishtirasiz, yo‘l yoqasi bo‘yicha ikkinchi joyga ovoz berasiz. Agar bugun o‘zgarish qilinmaydigan bo‘lsa, keyin xafa bo‘lib o‘tirmang. Birortangiz, kim bo‘lishidan qat’i nazar qizig‘i yo‘q, menga bugun 50 ta ovoz qilib berilishi kerak. O‘zini hurmat qilgan rahbar kerak bo‘lsa, biror yaqin qarindoshi bo‘ladimi, boshqasi bo‘ladimi, yangi sim karta olib bo‘lsa ham qiladi. Agar sizlarga yog‘ kerak bo‘lsa, beraman”, — degan O‘lmas Istamov.

    Mazkur holat Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi va tashkilot rahbarlarini “Tashabbusli byudjet”ga ovoz yig‘ishga majburlagani uchun jarimaga tortildi.

    Yana shunday holatlardan biri Samarqand viloyatida ham sodir bo‘ldi. Biroq, mas’ul tashkilot — viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘qituvchilarning ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkinligini inkor qildi. 

    Foto: “Daryo”
    Videotasvirdagi shaxslar Urgut tumandagi 7-maktabning texnologiya fani hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ekanligi aniqlangan. Ulardan holat bo‘yicha izoh so‘ralganida, ish vaqtidan tashqari, dam olish kuni (yakshanba) Siyob bozoriga borganligi, o‘z xohishi bilan maktabining g‘olib bo‘lishi uchun targ‘ibot o‘tkazganligini, “Tashabbusli byudjet”ga qo‘yilgan loyiha ota-onalar, mahalla ahli tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi bois jarayonlarga befarq emasligini ta’kidlashgan, — deyiladi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotda. 

    Ovoz yig‘ishga jalb qilingan talabalarning aytishicha, bu mavsumda nafaqat o‘qituvchilar tibbiyot xodimlari ham ovoz yig‘ishga majburlandi.

    Foto: “Daryo”
    Nafaqat o‘qituvchilar, hamshiralar ham bozorlarda yurib, ovoz yig‘ganiga guvoh bo‘lyapmiz. Masalan kuni kecha TTZ bozoriga borganimda, bozor ichidagi poliklinikada ishlovchi hamshiralar oq xalatda bozor oralab, ovoz bering deb yurishganini ko‘rdim, — deydi “Open byudjet”da ovoz yig‘ishni o‘ziga kasb qilgan talaba. 

    O‘zbekistonda 13-martdan boshlangan “Tashabbusli byudjet”da ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

    05.04.2024, 20:40   Izoh (0)   10175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maosh 1,8 ming yevro: o‘zbekistonliklar Germaniya mehmonxonalarida ishlashi mumkin 

    05.04.2024, 20:30

    Andijonda Malibu va Nexia to‘qnashib ketdi (video) 

    05.04.2024, 20:10

    “Tashabbusli byudjet”ning g‘olib loyihalari eʼlon qilindi

    05.04.2024, 19:47

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi (foto)

    05.04.2024, 19:37

    O‘zbekistonda o‘tgan yili retsept orqali bepul berilgan dorilar qiymati ochiqlandi 

    05.04.2024, 19:15

    “Endi O‘zbekistonning haqiqiy fuqarosiman” — Navoiyda 94 yoshli onaxonga ilk bor tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi

    05.04.2024, 18:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi

    Reklama | 29 may, 21:00

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57

    “Rossiya va Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir-biriga turli talablar qo‘ymoqda” — Turkiya tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 29 may, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.