Andijonda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan SH.X. fuqaro S.R.ga o‘zini go‘yoki “Milliy bank” Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirib, ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 million so‘m evaziga 500 million so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 2 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)