“Xalq banki” xodimi 750 million so‘m pensiya pullarini qimor o‘ynab, yutqazib qo‘ygani haqida 12-dekabr kuni “Daryo”da xabar berib o‘tilgandi.
Mazkur xabar yuzasidan “Xalq banki” axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
“Boshqaruv raisi o‘rinbosari nutqida o‘tgan yili tarmoqda tarqalgan holatlarga iqtibos keltirgan va kontekstdan olingan bu misol, shunday holatlarni bankning o‘zi aniqlab, bu haqda huquq-tartibot organlariga o‘zi ma’lumot berishi va bu orqali korrupsiyaga qarshiligi misoli sifatida keltirilgan.
![](/static/2023/pullll.jpg)
Qolaversa, mijozlarning naqd puldan bank kartalariga o‘tishining 1 yil ichida 30 foizga ko‘payishi sayyor kassalarning optimizatsiya qilinishiga va naqd pul tarqatishdagi risklarni kamaytirishga xizmat qilishi aytilgan.
Ochiq eshiklar kunida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishda ham, bank kartalaridan foydalanishning afzalliklarini jamoatchilikka yetkazishda ham OAV va blogerlarning roli beqiyosligiga alohida to‘xtalib o‘tilgan”, — deyiladi “Xalq banki” bayonotida.
“Daryo” boshqa idoralarni ham o‘z muammolarini yashirmasdan, jamoatchilikka ochiq bo‘lishga chaqirib qoladi.