O‘zbekistonda yilning birinchi choragida mingdan ziyod energiya resurslaridan foydalanish qoidalari buzilgani ma’lum bo‘ldi.
Keltirilishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda qonun-qoidalarga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazorat tabirlari o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning birinchi choragida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 1 ming 821 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida aniqlangan holatlarning 979 tasi elektr energiyasi, 842 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)