O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 241,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Shuningdek, ushbu davrda 659 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan bo‘lsa, neft 118,5 ming tonna ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari:
- gaz kondensati – 214,7 ming tonna
- avtobus – 61 dona
- yuk avtomobillari – 466 dona
- avtomobil dvigatellari – 41 518 dona
- yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 53 367 dona
Izoh (0)