• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Qilgan ishimdan uyalaman, farzandlarimni o‘ylamadim”. Zo‘ravonlik tufayli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan xonanda Ruxshona 30 yoshni qarshiladi

    Ijodi emas, ko‘proq shaxsiy hayotidagi ziddiyatlar bilan omma eʼtiboriga tushgan xonanda Ruxshona 21-mart kuni 30 yoshni qarshiladi. Xo‘sh, nega u sanʼatni tanlagan va qaroridan afsuslanganmi? Keling, bu kabi savollarga quyida javob izlaymiz.

    Navro‘z bayrami kuni tug‘ilgan xonanda oilada yolg‘iz farzand. Ota-onasi bolaligida ajrashib ketishgan va onasi uni yolg‘iz tarbiyalagan.

    Foto: Instagram

    — Onam bilan hamisha sirdosh, do‘st bo‘lganman. Ona ham qiziga suyanib qolarkan, qiz ham shu qatorda onasini eng yaxshi sirdosh deb bilarkan. Onam hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, buning uchun unga rahmat aytaman. Otam asli samarqandlik bo‘lib, harbiy sohada ishlagan. Onam esa ota tomondan namanganlik, buvim esa piskentlik bo‘lgan. Xullas, “Asli qayerliksiz?” deyishsa, o‘ylanib qolaman. Sanʼatga qiziqishimga, shubhasiz, onam sababchi bo‘lgan. Bolalikdan to‘garaklarga olib borib, kichik qobiliyatimni rivojlantirgan. Ammo mustaqil ijod boshlashimga onamning moddiy imkoniyati bo‘lmagan. “Akfa” prodyuserlik kompaniyasida o‘tkaziladigan kasting haqida eshitib, unda ishtirok etganman. O‘shanda bor-yo‘g‘i 15 yoshda edim. G‘olib bo‘lib, ularning ko‘magida ijodni boshlaganman, — deydi xonanda Ruxshona.

    2010-yili ijodini boshlagan Ruxshonaning “ko‘tarilishi” u qadar qiyin kechmaydi. Chunki “Yuragim” nomli ilk qo‘shig‘i muvaffaqiyatli chiqadi va u ham hamma prodyuserlik kompaniyasining yulduzlari singari filmlarning yuziga aylanadi.

    Foto: Instagram

    — U paytlari xonandalarning filmlarda suratga tushishi urfga aylangandi. “Shomurod va Durdona”, “Enagalar”, “Zamonaviy sovchilar” kabi filmlarda suratga tushganman. Ozmi-ko‘pmi, bu filmlar ham o‘z muxlislarini topgan, — deydi xonanda Ruxshona.

    2010—2011-yillar xonanda uchun omadli kelgan. U xorijlik mashhur xonanda Avraam Russo bilan duet kuylagan va klip suratga oldirgan. Ammo xonanda haligacha bu qo‘shiqdan uyalishi va shu bois uni rasmiy sahifalarga joylamagani haqida aytib o‘tadi.

    Foto: Instagram

    — Yoshlikda ertani o‘ylamay ish qilinarkan. Ertaga oila qursam, farzandli bo‘lsam, ularga nima deb tushuntiraman, deb o‘ylamas ekansiz. Ammo keyinchalik bu ishdan uyalarkansiz. Hozir bu qo‘shiqdan uyalaman, shu boisdan ham uni rasmiy sahifalarimga joylamaganman. Uni eshitmay qo‘yganimga ham ancha vaqt bo‘lgan. Keyinchalik baribir farzandlaringizdan uyalarkansiz, — deydi xonanda Ruxshona.

    Ruxshona tengdoshlariga nisbatan ancha erta oila qurgan. U turmushga chiqqanida 20 yoshda edi, shunday bo‘lsa-da, ijodda o‘z o‘rnini topgan va qo‘shiqlari yoshlar orasida ancha ommalashgandi. Hozir u sobiq turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov haqida gapirishni istamaydi, ammo o‘sha paytlari u nega u insonga turmushga chiqqani haqida to‘lib-toshib gapirgandi.

    Foto: Yoshlar.com

    — Biz avvaldan tanish bo‘lganmiz, chunki u kishining yaxshi kliplar suratga olishini bilardim. Ishlarini kuzatib borardim. Ammo ancha vaqtgacha bu haqda sir saqlaganmiz. Shu bois restoran yoki ko‘ngilochar joylarda uchrashmasdik. Qizlik uyimning yonida ko‘prik bo‘lardi, ilk uchrashuvimiz ham, to‘y taklifi ham shu yerda bo‘lgan. Onam avvaliga biroz xavotir olgan, ammo Sanjar aka bilan gaplashgach, to‘yimizga rozi bo‘lgan, — deydi xonanda Ruxshona.

    Foto: Instagram


    Juftlikning to‘ng‘ich farzandi Habiba 2015-yilda, o‘g‘li Shukurbek esa 2016-yilda tug‘ilgan. Ularning nikohi ikkisi uchun ham omadli kelgan. Boisi xonanda turmush o‘rtog‘i bilan “Yurakkinam”, “Yana”, “Imkon bo‘lsa” va “Yur” kabi qo‘shiqlariga klip suratga olgan. Ruxshona boshlovchiligida rejissorning “Bola tilidan” nomli ko‘rsatuvi telekanallar orasida bir necha bor eng reytingi baland ko‘rsatuv sifatida eʼtirof etilgan. Sanjar Matkarimov Ruxshonaning “Yurakkinam” klipida rol ijro etib, aktyorlik mahoratini namoyish etgandi. Afsuski, bu er-xotin ijodkorlarning so‘nggi ijodiy ishi bo‘ldi.

    Foto: Instagram

    Xonanda Ruxshona 2021-yilning oktyabr oyida turmush o‘rtog‘i, rejissor Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini maʼlum qildi. Shundan so‘ng u Sanjar Matkarimov rejissyorligidagi “Bola tilidan” ko‘rsatuvi boshlovchiligidan ham ketdi. Ko‘p o‘tmay ko‘rsatuvni aktrisa Aziza Yoqubova olib bora boshladi. Bu orada Azizaning Ruxshona va Sanjar Matkarimov ajrashishiga sababchi ekani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Blogerlardan biri aslida Azizaga tegishli bo‘lmagan audioni tarqatib, Aziza Yoqubova Ruxshonaning oilasini buzgani haqida xabar tarqatdi. Aziza Yoqubova ushbu gap-so‘zlarga nuqta qo‘yish maqsadida blogerni izlab topdi va uni omma oldida kechirim so‘rashga majbur qildi.

    Foto: Instagram

    Ruxshona ishtirokidagi ko‘rsatuv ko‘pchilikka manzur bo‘lgani uchunmi, tomoshabinlar undan keyingi boshlovchilarni u qadar yaxshi qabul qilishmadi. Shu bois boshlovchilar ketma-ket o‘zgardi yoki boshqa sabablar tufayli ular ishlashni istashmadi.

    Xonanda Nigora “Mirsodiqova bilan” YouTube-kanaliga bergan intervyusida klipmeyker Sanjar Matkarimov va xonanda Ruxshonaning darz ketgan oilasi haqida ham gapirib o‘tdi.

    Foto: Instagram

    — Eri judayam rashkchi, Ruxshona ham chiroyli ayol. Ko‘rishishga u-bu joyga yubormasdilar. Qoyil qolaman shu qizga, oilasidagi biror narsani hech qachon tashqariga bildirmagan. Endi mana, yig‘ilib kelganlari chiqib kelayotgandir. Lekin shu paytgacha erim bunaqa edi, qaynonam unaqa edi, degan gap bo‘lmagan. Erim rashk qiladilar, bora olmayman, tushunasizlar, deb aytardi. Hattoki bolalarimizning tug‘ilgan kunlarida ham farzandlaringni olib kel, tanishsin bir-biri bilan, der edik, nimaga olib kelmaysan, deb jahlimiz ham chiqar edi. Keyin yana o‘zimizga nima ham derdik, er xo‘p desa xo‘p, yo‘q desa yo‘q, deymiz. Biz hech narsa qila olmaymiz, jim turamiz. Ko‘p joyga yubormas edi, shuni bilaman, — deydi xonanda.

    Foto: Instagram

    Afsuski, katta orzu-umidlar bilan qurilgan oilaga darz ketdi. Ajrimdan avval Sanjar Matkarimov turmush o‘rtog‘iga yetkazgan yengil tan jarohati, ijtimoiy tarmoqlar orqali shaʼnini toptagani va haqorat qilgani uchun 2 yil-u bir oyga ozodlikni cheklash jazosi taʼyinlandi. Undan keyin ajrim va bolalar otasini ko‘rishni istamasligi bilan bog‘liq videolar ham ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

    Xonanda ayni kunda onasi va ikki farzandi bilan birga yashaydi. U asli millati o‘zbek, ammo Turkiyada yashaydigan inson bilan oila qurgani, to‘y qilishni esa o‘zi xohlamaganini maʼlum qildi.

    Foto: Instagram

    — To‘y qilmaylik, ikkinchi bor oq ko‘ylak kiyishni istamayman, dedim. Keyin endi oilam haqida maʼlumot bermaslikka qaror qildim. Avvalgisi ommaga oshkor bo‘lgani uchun ham hammasi ovoza bo‘lib ketdi yoki ko‘z tegdi. Xullas, bu gal hammasini sir saqlayman, muxlislar oilamga emas, ijodimga qiziqishsin, — deydi xonanda Ruxshona.

    26.03.2024, 17:50   Izoh (0)   185913
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Omadsiz farzand bo‘lib tug‘ilgan, bozorda “pishgan” va otasiga qarshi borib aktrisalikni tanlagan Xonzoda Qambarova 25 yoshda (foto, video)

    14.03.2024, 12:50

    Otasiz ulg‘aygan, G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan va unvon olish borasida boshqalardan o‘zib ketgan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto)

    22.03.2024, 12:28

    “Bir oy ishlab 17 dollar topardik” — xonanda bo‘lishiga ko‘zi yetmagan, ishga joylasholmay qiynalgan va AQSHda “eshakdek” ishlagan aktyor Behzod Muhammadkarimov 60...

    26.03.2024, 09:51

    Maykl Jeksonning onasi uning vafotidan so‘ng 55 million dollar ishlab olgan

    26.03.2024, 14:52

    Gollivud aktrisasi Kemeron Dias ikkinchi bor ona bo‘ldi

    26.03.2024, 11:53

    “Bu muhabbat va nafrat kurashiga o‘xshardi”. Xonanda Shakira Pike bilan ajrashganidan keyingi hayoti haqida

    25.03.2024, 12:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.