• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bir oy ishlab 17 dollar topardik” — xonanda bo‘lishiga ko‘zi yetmagan, ishga joylasholmay qiynalgan va AQSHda “eshakdek” ishlagan aktyor Behzod Muhammadkarimov 60 yoshda (foto, video)

    Amir Temur, Otabek va Elchin rollari bilan tomoshabinlar eʼtiboriga tushgan aktyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov 23-mart kuni 60 yoshni qarshiladi. Xonanda bo‘lish fikridan qaytgan va ko‘plab rejissyorlar ishonchsizlik bildirgan aktyor qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi? Keling bu savolga quyida javob izlaymiz.

    “Qiz yo‘q oilada ulg‘ayish...”

    Aktyor Toshkentning Taxtapul dahasida, o‘qituvchi Abdulaziz Muhammadkarimov oilasida tug‘ilgan. Uning bir akasi va ikki ukasi bor.

    Foto: Instagram

    — Qiz farzand yo‘q oilada tug‘ilishning ham o‘ziga yarasha yaxshi jihatlari bor. Ota-onamning ikkisi ham o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. U paytlarda kechki smenada ham ishlanardi. Zarurat sabab, ularning ikkisi ham ikki smenada dars berishardi. Qosh qorayganda uyga qaytishgani uchun onam hamma uy yumushlarini teng taqsimlab ketardi. 12 yoshimdan boshlab mustaqil ovqat pishirishni o‘rganganman. Birinchi pishirgan ovqatim mastava bo‘lgandi. Qiz bola yo‘qligi uchun bu ishni men qilmayman, deb eʼtiroz bildirmasdik. Chunki onamiz nihoyatda qattiqqo‘l edi, — deydi Behzod Muhammadkarimov.

    “Sanʼatga qiziqishga ota-onam sabab bo‘lgan”

    Aktyor nega bolalikdan sanʼatga qiziqqanini quyidagicha izohladi.

    Foto: Instagram

    — Onam O‘lmasxon aya asli jurnalist edi, ammo taqdir taqozosi bilan bir umr til va adabiyotdan dars berdi. Otam ham xuddi shu sohada ishlagani uchun oilamizda faqat kitoblar muhokama qilinardi, g‘azallar o‘qilardi. Bir kuni oyliklarini to‘plab magnitofon sotib olishgan. Ikkisi Navoiy va Guli monologini o‘qib, ovozlarini yozib olishgandi. Afsuski, keyinchalik bu tasmani yo‘qotib qo‘ydim. Ota-onam bolalikdan taʼlim olishimizga alohida eʼtibor bergan. O‘sha paytlari drama va vokal to‘garagiga qatnashish urfga aylangandi. To‘rt o‘g‘ilning bari sanʼat to‘garaklariga borganmiz, ammo men va ukam Ulug‘bek aktyor bo‘ldik, — deydi Behzod Muhammadkarimov.

    “Men xonanda bo‘lolmayman”

    Gliyer nomidagi musiqa maktabini va Hamza nomidagi musiqa kollejini tamomlagan Behzod Muhammadkarimov negadir xonandalik isteʼdodi u qadar yuqori emasligini anglaydi va aktyor bo‘lishga qaror qiladi.

    Foto: Instagram

    — Bolalikdan xonanda bo‘laman deb orzu qilardim. Musiqa asboblarini ham chalishni o‘rganganman. Ammo tengdoshlarimga nisbatan isteʼdodim u qadar yuqori emasligini, bo‘lsam ham o‘rtamiyona xonanda bo‘lishim mumkinligini tushunib yetganman. “Boshqa sohani tanlayman”, deb yurgan paytimda otam O‘zbekfilmda yosh aktyorlar uchun kurs ochilayotgani haqidagi eʼlonni o‘qiganini aytgan. Kastingdan muvaffaqiyatli o‘tib, kursga qabul qilinganman. U yerda bir muddat o‘qigandan keyin ustozim Mukambar Rahimovaning yordami bilan respublikada miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda ishtirok etganman. G‘olib bo‘lganimiz uchun sanʼat institutida o‘qish uchun yo‘llanma berishgan. Eng qizig‘i, meni ikkinchi kursdan o‘qishga qabul qilishgan. Omadim shundaki, kurs rahbari Turg‘un Azizov, o‘sha paytdagi assistentlari Munavvara Abdullayeva bo‘lgan. Kursdoshlarim ham eng iqtidorli yoshlar edi, o‘qishga kirib, ko‘proq aktyorlik sirlarini o‘rganishim kerakligini anglaganman, — deydi Behzod Muhammadkarimov.

    “Teatrga ishga olishmadi”

    Behzod Muhammadkarimov 1984-yili sanʼat oliygohini tamomlaydi, o‘sha vaqtda O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tanlov asosida yosh aktyorlar ishga olinishi haqidagi xabarlar tarqaydi.

    Foto: Instagram

    — Ishga kiraman deb borsam, shtatda joy yo‘q deyishgan. “Joy yo‘q bo‘lsa nega eʼlon berasizlar”, deb rosa jahlim chiqqan. Bir yoqda armiyaga ham hujjat topshirib qo‘yganman. Agar armiyaga borishdan avval biror yerga ishga kirib olsam, harbiy xizmat ham mehnat daftarchasiga kiritilardi. Teatr, televideniye yoki kinostudiyada tanlov bo‘lsa, albatta, qatnashardim. Ammo ketma-ket hammasidan rad javobini oldim. Eng qizig‘i men bilan borganlarni ishga olishardi, menga rad javobini berishardi. Oxiri “voyenkomat”ga borib “Hujjatlarimni yo‘qotib qo‘ydinglarmi, hech bo‘lmasa meni armiyaga olib ketinglar”, deganman. Shundan keyin harbiy xizmatga jo‘natilib, bir yarim yil Rossiya o‘rmonlarida xizmat qilganman, — deydi aktyor Behzod Muhammadkarimov.

    “Abdurayim yulduz, men hech kimman”

    Aktyor harbiy xizmatdan qaytib ham ishsizlikdan qiynalganini eslaydi.

    Foto: Instagram

    — 1986-yili harbiy xizmatdan qaytib, yana hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga ish so‘rab borganman. Rad javobini olgach, kursdoshim Abdurayim Abduvahobov bilan satira teatriga borganman. Shum bola yulduz, uni hamma tanirdi. Hech ikkilanmay uni ishga olishgan. Meni esa hech kim tanimas, buning ustiga tashqi ko‘rinishim ham komediyaga mos emasdi. “Soz chalib, qo‘shiq aytishni bilaman”, deganimdan keyin meni teatr ansambliga ishga olishgan. Ammo bu teatrda uzoq ishlolmaganman, chunki pul topish uchun o‘zim istamay komik rollarni ijro etish azob edi, — deydi Behzod Muhammadkarimov.

    “Oilamni qiynashni istamadim”

    Behzod Muhammadkarimov eng omadli aktyorlardan biri. Chunki unga Amir Temur, Otabek va Elchin kabi rollarni ijro etish baxti nasib etgan. Ammo 2000-yillardagi ishsizlik va moliyaviy qiyinchiliklar uni sanʼatdan ketib, boshqa sohada pul topishga undagan.

    Foto: Instagram

    — “Nega aynan AQSHga borgansiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Hammasi tasodifan bo‘lgan. Aslida AQSHda ishlash niyatim bo‘lmagan. 2000-yili uchuvchilar haqida film suratga olinadigan bo‘ldi. Tasvirga olish jarayonlarining bir qismi bortda va bir qismi AQSHda bo‘lgani uchun bizga 4 yilga viza berishdi. Afsuski, yaxshi film qandaydir sabablarga ko‘ra ommaga namoyish etilmadi.

    O‘zbekistonga qaytib ishlab yurdim. Ammo teatrdagi maoshim bor-yo‘g‘i 17 dollar edi. Baʼzida dublyajga chaqirishmasa, umuman aktyorlarga ish yo‘q edi. Men Amir Temurni, Elchinning rolini o‘ynaganman deb oilamni qiynab qo‘yishni istamadim. Hech bo‘lmasa, berilgan vizadan foydalanib 4 yil AQSHda ishlab kelay deb yo‘lga tushganman. Keyinchalik rejalar o‘zgarib, 9 yil qolib ketdim, — deydi aktyor.

    “AQSHda yillab quyoshni ko‘rmaganman”

    Aktyor musofirchilikda nimalar bilan shug‘ullangani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Men Amerikada qora ishlarni qilganimni yashirmayman. Ishni mehmonxonada choyshab va yostiqlarni tashishdan boshladim. Keyin magazinda pollarni tozalab, laklaydigan ishga kirdim. Asosan, kechqurun ishlardim. Bu ham yetmagandek kunduzi ham ish olardik, kunduzi topganimizga Amerikada yashardik, kechqurun ishlagan pulimizni Toshkentga — uyga yuborardim. Kechasi bilan ishlab, kunduzi yana peshingacha ishlardim. Har kuni shunday: dam olish kunlarisiz ishlardim. To‘g‘risini aytsam, faqat kechqurun ishlaganimiz uchun yillab quyoshni ko‘rmagan vaqtlarim bo‘ldi. Restoranda idish-tovoq yuvdim, ofitsiantlik qildim, pitssa tashidim, qurilishda ishladim, yuk tashuvchi bo‘lib, uy ko‘chirdim. Hattoki muzqaymoq chiqaradigan sexda ishlab, muzqaymoq ham tayyorladim. Bir yigitga qirq hunar oz, degan maqolni amalda o‘zimda ko‘rdim va isbotladim. Qisqasini aytganda, musofirchilikda eshakdek ishlaganman, — deydi Behzod Muhammadkarimov.

    “Rol uchun 15 kunda 20 kg vazn tashlaganman”

    Foto: Instagram

    — “O‘tkan kunlar” filmining ikkinchi talqini suratga olinishi kerak bo‘lgan paytda vazn orttirgan edim. Keyin marhum rejissyorimiz Melis Abzalov bu film suratga olinmasidan 10 yil oldin Otabek roliga taklif qilgan edi. Otabek rolini 34 yoshimda o‘ynaganman, 24 yoshimda taklif qilgan ekan. Otabek roliga tayyorlanib yur, qayta-qayta o‘qib chiq, degandi. Men esa yuzaki qaraganman. Shu yil davomida harakat qilib filmni suratga olishga erishgan. O‘n yil o‘tib, meni chaqirdi. Bilmadim, mendan boshqa insonni bu rolda ko‘rolmagan.

    Foto: Instagram

    Vazn orttirganman, meni hech kim Otabek deb o‘ylamas edi. Baribir chaqirdi, bordim. Birinchi foto, keyin kino sinovida qatnashdim. Shu bilan o‘tolmasligimni bildim, chunki o‘zimni shu rolda ko‘rolmaganman. Keyin chaqirib, menga roldan o‘tganimni, vazn tashlashim kerakligini aytishdi.

    Melis akaga filmni ikkinchi marta olish shartmi, dedim. Melis aka esa bu asarga qayta-qayta yondashish mumkinligini aytdi. O‘ylab qarasam, haqiqatan to‘g‘ri. So‘ngra Otabekning yoshi 24 da bo‘lganini, meniki esa 34 daligini aytdim. Bunga ham gap topib berdi. U vaqtda insonlar vaqtli ulg‘aygan, dedi. Senga mo‘ylov qo‘ygandik, Abdulla Qodiriyga o‘xshab qolding, deyishdi.

    Foto: Instagram

    Abdulla Qodiriy esa Otabek sifatida o‘zini tasvirlagan, hatto bu rol sahnalashtirilsa, o‘zim o‘ynayman, degan gaplar ham bo‘lgan. Shu bilan menga imkon qoldirishmadi. Keyin xuddi sportchilar musobaqaga tayyorlangandek harakat qildim. Yeydigan ovqatimni uch barobar kamaytirdim, harakatimni esa uch barobarga ko‘paytirdim. Mehmonxonada yashagan bo‘lsak, birinchi qavatdan to‘rtinchi qavatga qayta-qayta tushib chiqqanman, yugurardim. Oson bo‘lmas ekan, sillam qurib qolardi. Uyga kelganimda turmush o‘rtog‘im ham qarab, faqat suyagingiz qolibdi-ku, degan. Shu bilan 15 kunda 20 kiloga ozganman, mazam qochib qolgan, — deydi aktyor.

    “Ayolim aktrisa bo‘lishini istamaganman”

    Behzod Muhammadkarimov oilasi haqida gapirishni u qadar istamaydi. Qizig‘i shundaki, uning turmush o‘rtog‘i ham professional aktrisa, ammo aktyor uning sanʼatda faoliyat yuritishini xohlamagan.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im Go‘zalxon bilan oldinma-ketin institutni tamomlaganman. U mendan keyingi kursda o‘qigan. Ammo institutni tugatgandan keyin “Yo sen yoki men ishlashim kerak. Ikkimiz ham gastrolma-gastrol yursak, bolalarning ahvoli nima kechadi”, deganman. Shu bois u ishlamay, uch farzandimizning tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Ikkita o‘g‘limiz, bitta qizimiz bor. Bolalarimizning hammasi oliy maʼlumotli. Ayolimning eng katta yutug‘i mana shunda, — deydi aktyor Behzod Muhammadkarimov.

    26.03.2024, 09:51   Izoh (0)   29430
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Omadsiz farzand bo‘lib tug‘ilgan, bozorda “pishgan” va otasiga qarshi borib aktrisalikni tanlagan Xonzoda Qambarova 25 yoshda (foto, video)

    14.03.2024, 12:50

    “Avaz Oxunni yomon ko‘raman” — Nikulinning “nabirasi” bo‘lgan Botirxon Imomxo‘jayev teatrga ishga kirmaganidan afsuslanadi (foto, video) 

    15.03.2024, 17:47

    Otasiz ulg‘aygan, G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan va unvon olish borasida boshqalardan o‘zib ketgan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto)

    22.03.2024, 12:28

    “Bu muhabbat va nafrat kurashiga o‘xshardi”. Xonanda Shakira Pike bilan ajrashganidan keyingi hayoti haqida

    25.03.2024, 12:15

    Instagram: yangi avtomobilli bo‘lgan Oyxon Iforzoda, oyog‘i singan Valijon Shamsiyev, oshqozonini kestirayotganlarga murojaat yo‘llagan Nilufar Hamidova

    25.03.2024, 10:16

    Instagram: 68 ming dollarga mashina olgan Maryam Tillayeva, ikkinchi bor ota bo‘ladigan Zohid Risqiyev, Kumush Razzoqova hozir qayerda?

    22.03.2024, 05:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.