Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Davron Kabulov “Million”ning fevral oyidagi konserti videosi nima sababdan haligacha chiqmayotganiga izoh berdi.

Foto: Instagram

“Baxt ovchisi” serialining suratga olish jarayoni aks etgan qisqa video ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining tanqidlariga sabab bo‘lmoqda. Ushbu videoda o‘ziga uy olib berayotgan yoshi katta erkakka “ixtiyorini topshirayotgan” yosh ayol haqida gap ketadi.

Bollivud yulduzi Kajol yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Otabek Mahkamov AQShda o‘tkazilgan o‘zbeklar to‘yida qora tanli yigitning Ozodbek Nazarbekovning “Anjanchasiga” qo‘shig‘iga raqsga tushayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

“Hayotda hamma narsa bo‘ladi, hatto biz ‘hech qachon’ deb o‘ylaganlarimiz ham”, demoqda Shahzoda.

Foto: Instagram

Nahide Babashli ayni kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.

Xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i, rejissor Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shohruxxonning “Tik Tok” qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi.

Munisa Rizayeva nomus yoki orsizlik tanlovi haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Luiza Rasulova intervyularidan birida xonanda Kaniza haqida keskin fikr bildirdi.

Kaniza aktrisaning ushbu so‘zlariga munosabat bildirar ekan, undan “Tilini qisqa qilishini” so‘radi.

Foto: Instagram

Lola qizi Aisha bilan tonggi muloqoti aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Umidaxon singlisini tug‘ilgan kuni bilan qanday tabriklagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.