Ruminiyada Yevropadagi eng katta NATO bazasi qurilishi boshlandi, u 10 ming nafargacha harbiy xizmatchi va ularning oilalarini sig‘dira oladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, harbiy obyekt 2800 gektar maydonda quriladi, umumiy perimetri 30 kilometrni tashkil qiladi. Bazada 10 000 nafargacha NATO askarlari va ularning oilalari doimiy ravishda joylashishi mumkin. Baza qurishning dastlabki qiymati 2,5 milliard yevroga baholanmoqda.
Konstansa okrugidagi baza uchish-qo‘nish yo‘laklari, samolyot angarlari, qurol-yarog‘, yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash va joylashtirish uchun obyektlar, o‘quv jihozlari, maktablar, bolalar bog‘chalari, do‘konlar va shifoxona bilan jihozlanadi.
2023-yilning 14-sentyabrida Bolgariya 2025-yilgacha 55 million dollarlik NATO bazasini qurishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)