Yevropa Ittifoqi elchilari Ukrainaga harbiy yordam sifatida Ukrainaga 5 milliard yevro ajratishga kelishib oldilar.
“Biz buni uddaladik”, deb yozdi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrell X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
“Jamg‘arma Ukrainaga harbiy yordamimizni yana 5 milliard yevroga oshirish imkonini beradi. Maqsad aniq: biz Ukrainani g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb yozadi Josep Borrel.
Avvalroq Pentagon Ukrainaga 300 million dollarlik yordam paketi nimalardan iborat ekanini ochiqlagandi.
“Ushbu paket yordamning 55-transhi bo‘lib, 300 million dollargacha baholanmoqda. U Ukrainaning havo mudofaasi, artilleriya va tankka qarshi qurollarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z ichiga oladi”, — deyiladi Pentagon saytida.
Izoh (0)