O‘zbekistonda vafot etgan 568 nafar shaxs nomiga yuklar olib kelingan, deb xabar bermoqda O‘zA.
Unga ko‘ra, bojxona orqali ayrim kuryerlik tashkilotlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlaridan ularning ruxsatisiz foydalanish natijasida joriy yilda 4 ta holatda 200 dan ortiq fuqaro nomiga yuklar olib kelingan. 1,4 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, kuryerlarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, 2021-yil davomida fuqarolarning ruxsatisiz ularning nomiga olib kelingan yuklar o‘rganilganda, ushbu fuqarolarning 568 nafari olamdan o‘tgan shaxslar ekani aniqlangan.
Izoh (0)