Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 8,7 ming kub qum xomashyosini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “T.K.” MCHJ rahbari X.Y. va boshqalar “Gulhovuz” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi daryo o‘zanidan MCHJga tegishli texnikalar yordamida 8,7 ming kub hajmdagi qum xomashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,3 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)