Toshkent viloyatida temir yo‘l vagonida noqonuniy olib kirilishi rejalashtirilgan 58 tonna shakar borligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Yangiyo‘l” TIF bojxona post xodimlari tomonidan Zangiota tumanida joylashgan “O‘rtaovul temir yo‘l” stansiyasiga kirib kelgan temir yo‘l tarkibi “O‘rtaovul Log” bojxona omborida tovarlar ortilgan temir yo‘l vagoni bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Natijada yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan kepak orasiga xufiyona yashirilgan 870 mln so‘mlik 58 tonna shakar borligi aniqlangan. Mazkur tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish orqali davlat byudjetiga 690,4 mln so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochishga urinish rejasi amalga oshmadi.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)