“Barselona” agar yaxshi taklif tushsa Ronald Arauxoni sotishga tayyor.
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar himoyachi uchun 100 millionlik taklif bo‘ladigan bo‘lsa, o‘ylab ko‘rishga tayyor. Arauxoga APLning top-klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Bavariya” ham Ronaldni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda.
Avvalroq, “ko‘k-anorranglilar” Arauxoni har qanday holatda ham sotmasligini ma’lum qilgandi.
Urugvaylik futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Izoh (0)