“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashib, uning klubga tayinlanishi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazdi, deb xabar beradi Footmercato.
Xabarda aytilishicha, muzokaralar samarali o‘tgan. Flik uchrashuvga o‘z agenti bilan tashrif buyurgan. Hozircha ular o‘rtasida kelishuv imzolanmagan, chunki “Barsa” bo‘lajak murabbiyning kim bo‘lishi haqida bir to‘xtamga kelgani yo‘q.
Shuningdek, “Barselona” rahbariyatiga hozirda “Yuventus”ni boshqarayotgan Massimiliano Allegrining nomzodi taklif qilingani xabar qilingan. Ammo bu ustuvor variant emas. Klub uning qobiliyatiga shubha bilan qaramoqda.
59 yoshli Flik o‘tgan yilning sentyabrida Germaniya terma jamoasidan ketganidan beri ishsiz. O‘sha paytda terma jamoa uning boshchiligidagi oxirgi beshta o‘rtoqlik uchrashuvida to‘rtta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va bir marta durang o‘ynagan edi.
Izoh (0)