“Barselona” sobiq futbolchisi Andres Inyesta Kataloniya klubiga murabbiylik qilish istagi borligini ma’lum qildi.

“Idealda — ha, ungacha hali ancha bor. Hali futbolchilik faoliyatimni davom ettiryapman, hatto, murabbiylik litsenziyam yo‘q.
Murabbiylik litsenziyasini ham, sport direktori litsenziyasini ham olaman, undan so‘ng ko‘ramiz. “Barselona”ni boshqarishni xohlaymanmi? Albatta”, — deya javob berdi ispaniyalik yarim himoyachi.
Inyesta 2002-yildan 2018-yilgacha “ko‘k-anorranglilar” sharafini himoya qilgan. Hozirda esa Andres BAA klubi “Emireyts” klubida faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)