Futbol bo‘yicha 11-mart, dushanba kuni Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bahs bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning “Chelsi” jamoasi “Nyukasl”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Nikola Jekson Palmerning ajoyib to‘p oshirishidan hisobni ochdi. 43-daqiqada Aleksandr Isak hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limning boshida Palmer uzoqdan zarba yo‘llab hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. 76-daqiqada Mudrik bir necha futbolchilar orasidan o‘tib chiroyli gol urdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasiga kelib Merfi hisobni yakuniy ko‘rinishga olib keldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” jamoasi o‘z ochkolari hisobini 39 taga yetkazdi va 11-o‘rinni saqlab turibdi.
APL
28-tur bahsi
11-mart, dushanba
“Chelsi” — “Nyukasl” 3:2
Gollar: 1:0 – Jekson (6), 1:1 – Isak (43). 2:1 – Palmer (58), 3:1 – Mudrik (76), 3:2 Merfi (90).
“Chelsi” – Petrovich, Gyusto, Chaloba, Disasi, Kukurelya, Chukvuemeka, Gallaher, Fernandes, Palmer (Kazadey, 86), Kaysedo, Sterling (Mudrik, 71), Jekson (Chukvumueka, 90+1).
“Nyukasl” – Dubravka, Livramento, Sher, Botman, Bern (Kraft, 69), Bruno Gimaraes (Uayt, 81), Longstaff, Uillok (Mayli, 80), Almiron (Anderson, 69), Gordon (Merfi, 36), Isak.
Ogohlantirishlar: Sterling (39), Petrovich (71), Kaysedo (72), Uayt (90+6).
Izoh (0)