Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan “Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalari 10-mart, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida “shaharliklar” hisobni ochdi. 23-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni Jon Stounz darvozaga joylab qo‘ydi. Taym oxiriga qadar shu gol saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa mersisaydliklar penalti ishlab oldi. 50-daqiqada Mak Allister penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
Ushbu durang natijadan so‘ng Angliya Premyer Ligasi jadvalining kuchli 5 ligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
APL
28-tur
10-mart, yakshanba
“Liverpul” — “Manchester Siti” 1:1
Gollar: 0:1 – 23 Stounz, 1:1 – 50 Mak Allister (penalti).
“Liverpul”: Kelleher, Bredli (Robertson, 61), van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo, Soboslai (Saloh, 61), Mak Allister, Elliott, Dias, Nunyes (Gakpo, 76).
“Manchester Siti”: Ederson (Ortega, 56), Uoker, Ake, Akanji, Stounz, de Bryuyne (Kovachich, 69), Bernardu Silva, Rodri, Foden, Holand, Alvares (Doku, 69).
Ogohlantirishlar: Rodri (45), Ederson (47), Bernardu Silva (59).
Izoh (0)