Kecha, 25-fevral kuni Angliya Liga kubogi finali doirasidan o‘rin olgan “Chelsi” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Maurisio Pochettino shogirdlari ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va raqib maydoni oldida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratdi, ammo “Liverpul” darvozaboni va himoyachilari o‘z darvozasi dahlsizligini saqlay oldi.
Asosiy vaqtlarda hisob ochilmagach, jamoalar g‘olibni aniqlash uchun ekstra taymlarga yo‘l oldi. Uchrashuv yakunlanishiga uch daqiqa qolganda “Liverpul” himoyachisi van Deyk urgan gol yakunda Klopp jamoasiga bosh sovrinni olib keldi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Chelsi” Angliya ichki musobaqalarida ketma-ket 6 ta finalni boy bergan birinchi klubga aylandi.
London klubi bungacha 2019-yili Liga Kubogi, 2020 va 2021-yillarda Angliya Kubogi, 2022-yilda Liga Kubogi va Angliya Kubogi finallarida mag‘lub bo‘lgan.
Izoh (0)