• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbek millatiga daxl qilishyapti”. Abduqodir Toshqulov taʼlim, smartfondan hazar qilishi va tarixni ommalashtirish zarurligi haqida

    Sobiq oliy taʼlim vaziri, hozirda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov Surxondaryo telekanaliga bergan intervyusida taʼlim-tarbiya, smartfonlar, tarixni ommalashtirish va boshqa masalalarda fikr bildirdi. “Daryo” universitet rahbari aytgan ayrim gaplarni matnlashtirdi.

    Abduqodir Toshqulov
    Foto: YouTube

    “Bugungi muammolar — sifatsiz taʼlim hosilasi”

    Asosiy masala — maktab. Bog‘chaga hamma bora olmaydi. Universitetda barcha o‘qimaydi. Lekin maktabda hamma o‘qiydi. Shuning uchun ham maktabdagi taʼlim-tarbiya juda katta masala. Bugungi maʼnaviy tanazzullar, yuzaga chiqayotgan muammolar bundan 10-15 yil oldingi xalq taʼlimi tizimidagi yaxshi o‘qitmaganlik, muammolarning hosilasi. Tizimda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar oqibati 3-4 yildan keyin chiqa boshlaydi, agar bo‘lsa.

    Men oliy taʼlim tizimidaman. Boshqa tizimlarni muhokama qilasiz, deb ko‘p dakki eshitardim. Xalq biladi hozir maktabning ahvolini. Men bunga to‘xtalmoqchi emasman. Agar maktab tuzatilmasa, maktab taʼlimi tizimli bo‘lmasa, oliy taʼlimdan ham, boshqasidan ham hech narsa kutmang. Maktab — asos. Maktablarning taʼlim platformasini o‘zgartirishi kerak: ajrab, ajrab, har xil bo‘lib yotibdi.

    “Smartfon — insoniyatni boshqarish loyihasi”

    Bugun yoshlar, onalar, yoshi kattalar ham virtual hayotga bog‘lanib qoldi. Smartfonga bog‘lanib qoldi. Men o‘ylayman, smartfon ham qulaylik, ham global imkoniyat bo‘lish bilan birga, bu katta loyiha. Insoniyatni maʼlum bir g‘oyalar atrofida boshqarish loyihasi. Buni anglashimiz kerak.

    Bugun ko‘rsangiz, uch yashar bolangizning qo‘lidan telefonni ololmayapsiz. Bola nimaga televizorga qaramayapti, telefonga yopishib olyapti? Chunki u yerda bolani o‘ziga tortadigan sunʼiy intellekt ishlayapti. Unda ranglar shunday tanlanganki, bola ko‘zini uzolmaydi. Qo‘lidan olsangiz, chinqirib yig‘laydi.

    Men smartfondan hazar qilaman. Bolalarim qo‘liga smartfon oldimi, menda allergiya paydo bo‘ladi. “Ota-ona bilan suhbat qilib o‘tirmaydimi, yig‘ishtir”, deyman. Nimaga? Qalbning fasodi ko‘zning chalg‘ishidan boshlanadi. Hozir smartfonda shunday sunʼiy intellekt ishlayaptiki, siz yaxshi narsa ko‘rib turgan bo‘lsangiz ham orada bitta fahsh narsa chiqib keladi. Ko‘z uni ko‘rdi, miyaga buyruq berdi va qalb buziladi.

    Abduqodir Toshqulov
    Foto: YouTube

    “Bolani 18 yoshidan keyin o‘zgartirish juda qiyin”

    Bola 18 yoshgacha savodini chiqarib olmadimi, keyin amrimahol. U yengil hayotga kiradi. Virtual hayotda 50 ta kanalga obuna bo‘lib, o‘zini tamom qiladi.

    Koreyada 18 yoshgacha bo‘lgan vaqtni “baxtsiz bolalik davri” deb atashadi. Yaʼni qiyin davr, faqat o‘qish, o‘qish, o‘qish... U yerda ota-ona topgan puliga bolasini o‘qitadi. Ertalabdan kechgacha bola o‘qiydi, shuning uchun ham u davrni “baxtsiz bolalik” deyishadi.

    Agar zo‘r taʼlim berganimizda, bu suhbatga hojat bo‘lmasdi. Nimagaki bola sinfda, auditoriyada ilm olib charchab uyga borsa, telefon chuqulashga ham vaqti bo‘lmaydi. U yostig‘ini sog‘inadi, uyqusi keladi. Chunki bilim olib charchaydi. Biz auditoriyada bilim bermaganimiz uchun mana shunaqa holatlar bo‘lyapti. Ayb taʼlimda, ayb oilada.

    Oila o‘zini isloh qilishi kerak. Bolani qo‘lidan smartfonni olib, keraksiz Telegram kanallarni o‘chirib tashlasin, “bolam bundan senga nima foyda, bular nega kerak”, desin. Oilani reja qilsin. Mana masalan, yaqinda bolalarim bilan Zoom orqali yig‘ilish qildim. Talaba, onasi, ukalarim hammamiz oilamizda nima muammo bor, nega falonchining o‘qishi yaxshi emas, nega falonchi hozirgacha uylanmayapti — hamma masalalarni muhokama qilib oldik.

    Biz nima qilamiz? Bir qo‘yni so‘yamiz, yarmini sho‘rva qilib, yarmini qovurib yeymiz, tarqalamiz. Nimaga oilaning perspektivasi muhokama qilinmaydi?!

    Jamiyatdagi depressiya haqida

    Biz bolalarimizni kuchli qilib tarbiyalashimiz kerak. Bolalar juda depressiya holatida — ular juda badjahl. Faqatgina bolalar emas, jamiyatda bu narsani kuzatyapmiz. Ko‘chada yurganda bitta svetofor chirog‘i ishlamay qolsa, umringiz mobaynida eshitmagan so‘kishlarni o‘sha yerda eshitasiz. Shunaqa baqir-chaqir, haqoratlar...

    Toshkentda bir svetoforga to‘xtadim. Yonida qo‘shimcha yashil chiroq yonib turgan ekan. Men bu yonda deb o‘ylab, qo‘zg‘aldim. Angladim va to‘xtadim. Mashinada ikki nafar yosh farzandim o‘tiribdi. Mashinam qattiq urilmadi, lekin oldimdagi “Jiguli”ga ozgina tegdi. Bolalarim buni sezmabdi ham. Ana janjalni ko‘ring! Mashinada o‘tirgan bir odamning umurtqasi zarar ko‘radigan bo‘ldi, uni men davolatadigan bo‘ldim! Eng muhimi, davlat ishida ishlaganimni bilishgach, bir oy boshim g‘avg‘odan chiqmadi. “Kattangga yozaman, boshqa qilaman”, dedi. Shu odamgarchilikmi? Maʼnaviyat ko‘chada, mehmonni oldida, uyda ko‘rinadi.

    “O‘zbek millatiga daxl qilishyapti”

    Biz tariximizni ommalashtirishimiz kerak. Qaysidir davlatlarda kimlardir chiqib, o‘zbek millatiga, tarixiga daxl qilyapti, o‘zicha muhokama qilyapti. Bunga jizzakilik qilib, tortishgan bilan qanchalik foyda bor bilmayman. Bunga raddiya beradigan rasmiy idoralar bor. Lekin uning o‘rniga yoshlarni, jamiyatni o‘z tariximizga o‘rgatishimiz kerak.

    Mana TikTok’ning bir yarim daqiqali kontenti bir bolaning fikrini qanchalik buzyapti?! Biz konstitutsiyaga muhrlab qo‘ygan uch ming yillik tariximizni 15-20 daqiqali animatsiyada ko‘rsatib beraylik. Amir Temur bobomizni yurishlari haqida yaxshi kino ishlay olishmadi. “Brifli” degani bor smartfonlarda, kitoblarni, romanlarni 15-20 daqiqada boshidan oxirigacha tushuntirib beradi. Shu “Brifli”ni 15 daqiqa vaqt ajratib ko‘rsangiz, masalan, “Jinoyat va jazo” romanini o‘qigandek bo‘lasiz. Hozir ayrim dangasalar hatto shuni ham qilmayapti.

    Tariximizni o‘rgatadigan 20 daqiqali animatsiyalarni ko‘paytirish kerak. Bordir bitta-yarimta, lekin men ko‘rmaganman. Eh, qancha buyukliklar bo‘lgan! Davlatlar tarixini to‘qib chiqaradi, aslida hech narsasi bo‘lmasa-da. Lekin bizda tarix ufurib yotibdi. Shuni chiroyli tarzda yetkazadigan uslublardan foydalanish kerak. Bugun bolalarimiz davlatchilik tariximizni bilishlari kerak. Uch ming yillik davlatchilik tarixiga ega davlatlar ko‘p emas.

    “Fan doktori adabiyotdan bexabar”

    To‘rt kun oldin qabulimga xodimlarimdan 35 yoshlar atrofidagi uch nafari kirdi. Ularning bari fan doktorlari. Men ulardan birini filologiya fakultetini yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari sifatida tayinlashim kerak edi. Savol beryapman: “Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanini o‘qiganmisiz”, desam, o‘qimagan. “Kafkani taniysizmi”, desam, tanimaydi. Adabiyotchi, fan doktori haqida gap ketyapti.

    O‘zimning jamoamni yomonlamoqchi emasman, lekin haqiqiy holatni ham aytish kerak. Eng yomoni, “radikalizm deganda nimani tushunasiz”, desam, javob yo‘q. Qanaqa qilib men ming nafar filolog yetishib chiqadigan, til o‘rgatadigan, adabiyotchi bo‘ladiganlar taqdirini bularga ishonib topshirishim mumkin? Hay, dissertatsiya yozgandir. Lekin qani hayot bilan bog‘lanish, yangiliklarga intilish, kitob o‘qish... Uchalasini ham lavozimga o‘tkazmadim. Yuragim yig‘ladi.

    “Universitetning 200 nafar o‘qituvchisida hech qanday natija yo‘q”

    Termiz davlat universitetida ikkinchi marta rektor bo‘lish men uchun sharaf! Rektor sifatida ish boshlaganimga 100 kun bo‘ldi. Ikkinchi bor rektor bo‘lib kelish avvalgidan ko‘ra ancha farqli, albatta. Juda katta tajriba, salohiyat bilan keldim deb o‘ylayman.

    Boshida ba’zi xodimlar bilan qattiq kelisha olmaslik holatlari bo‘ldi. Besh nafar prorektor o‘rniga, uch nafar yosh, til biladigan, zamonaviy prorektorlar tayinlandi. 14 ta fakultetdan 7 tasining dekani almashtirildi. 70 foiz rahbar almashdi.

    Bu yil 1-yanvardan boshlab universitetda sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan KPI dasturimizni yaratdik va amaliyotga joriy qildik. Hozir 750 nafar professor-o‘qituvchining 550 nafarida natija bor. Qolgan 200 nafar o‘qituvchida hech qanday natija yo‘q. Ular quruq auditoriyaga kirib-chiqqan, darsni ham jo‘yali bera olmagan. KPI tizimi — ish samaradorligini ko‘rsatadigan oyna. O‘qituvchining yuziga oyna tutildi. Endi ishlagan professorlarning oyligiga ustama beramiz. Agar o‘qituvchi 10 million so‘m oylik olsa va yaxshi ishlasa, u 20 million so‘m oladi. Harakat qilmagan, ishlamagan 200 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi bilan o‘quv yili oxirida xayrlashamiz.

    15.02.2024, 21:40   Izoh (0)   18674
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ikkinchi bosqichgacha fanlarni yaxshi o‘zlashtirmagan talabalarga oliy ta’lim diplomi berilmaydi” – Abduqodir Toshqulov

    15.08.2022, 18:15

    “Rektor va prorektorlar dars berishi kerak” – Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov universitetda 0,5 stavka o‘qituvchilik qilayotganini aytdi (video)

    07.11.2022, 19:14

    “Oliy ta’lim korrupsiyadan xoli bo‘lgan soha” — Abduqodir Toshqulov

    21.12.2022, 13:54

    Shavkat Mirziyoyev Andijondagi maktabda o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi (foto)

    15.02.2024, 21:30

    Qashqadaryoda 54 ta qoidabuzarlik jarimasini to‘lamagan ota-bolaning mashinalari xatlandi 

    15.02.2024, 21:10

    Toshkentda 6 yoshli qizchani zo‘rlagan erkakka hukm o‘qildi 

    15.02.2024, 20:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kastingdan o‘tgan bo‘lsa-da filmda rol ijro etish huquqidan mahrum etilgan aktyorlar

    Kino | 2 iyul, 17:59

    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

    Reklama | 2 iyul, 18:00

    Qashqadaryoda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazgan tenderi bekor qilindi — Antikorrupsiya agentligi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:49

    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:30

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:20

    Bokuda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:14

    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

    Reklama | 2 iyul, 16:30

    “Arsenal” “Sporting” hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 2 iyul, 17:09

    Ozarbayjon rus tilidagi maktablarni yopishni boshlaydi

    Dunyo | 2 iyul, 17:05

    AQSHda ayol ChatGPT yordamida 23 ming dollarlik kredit qarzidan qutuldi

    Dunyo | 2 iyul, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.