Qarshida ishga, Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.N. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MCHJning qurilish va taʼmirlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ch.C.” MCHJ rahbari U.K. fuqaro N.A.ni Qarshi shahar axborot texnologiyalari va menejment universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 12 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)