O‘zbekiston fuqarolari Belarusga 720 dollar maoshli ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi e’lon berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar Belarusning “Belavtomaz” avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi. Ish turi: avtomobilsozlik. Imkoniyatlar: ish haqi 2370 Belarus rubli (720 dollar) (soliqlar to‘langandan keyin), ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.
Qayd etilishicha, aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko‘rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan, ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan. Talablar:
- 18 yoshdan 50 yoshgacha;
- tajribaga ega bo‘lish;
- rus tilini suhbat darajasida bilish;
- sudlanmaganlik;
- O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Ro‘yxatdan o‘tish (nomzodlar 200 nafarga yetganda ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi).
Izoh (0)