Buxoro viloyatidagi cho‘l hududida 6 nafar fuqaro ovchilik yo‘llanmasini olmay turib ov qilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Qorako‘l va Peshku tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan cho‘l hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Olib borilgan reyd tadbirlari davomida 6 nafar fuqaro ovchilik yo‘llanmasini olmay turib ov qilayotgani aniqlandi. Bular:
Peshku tumanida — 2 nafar;
Qorako‘l tumanida — 4 nafar.
Ushbu holat yuzasidan 6 nafar huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga 3 million 400 ming so‘mdan jarima belgilandi.
Izoh (0)