• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Geosiyosiy tahlil: Putinni tinglashni boshlagan G‘arb, lavozimidan ozod etilgan Zalujniy

    8-fevral kuni Ukraina prezidenti mamlakat Qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni lavozimidan ozod etdi va uning o‘rniga Ukrainaning sharqiy frontdagi guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Sirskiyni tayinladi. Oldinroq matbuotda Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida kelishmovchilik borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Shuningdek, amerikalik jurnalist Taker Karlsonning Rossiya prezidenti Vladimir Putindan olgan intervyusi bir qancha muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Daryo” ushbu ikki mavzu atrofida iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul va siyosatshunos Oybek Sirojov bilan suhbatlashdi.

    – Ukraina Qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy nima uchun kutilmaganda lavozimidan ozod etildi? Bunga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Zalujniyning ishdan olinishi har xil talqin qilinmoqda. Ayrimlar Ukraina prezidenti Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida kelishmovchiliklar borligini hamda Zalujniy aynan shu boisdan ishdan olinganini taʼkidlamoqda. Lekin Zalujniy o‘zining yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari ortidan lavozimidan ozod etildi. Faktlarga nazar tashlasak, 2023-yil 4-iyunda Ukraina armiyasi qarshi hujumga o‘tayotgan vaqtda Valeriy Zalujniy Time jurnaliga intervyu berib shunday degan edi:

    “G‘arb tomonidan bizga 300 ta tank, 700 ta BMP va 500 ta artilleriya qurollari berilsa, biz kuniga 30 kilometr masofani bosib o‘tamiz va bir oy qolmasdan dengizga chiqamiz hamda Qrimni qamal qilamiz”.

    Biroq Ukrainaning qarshi hujumi omadsizlik bilan tugadi. 2023-yilning noyabr oyida Zalujniy Buyuk Britaniyaning The Economist gazetasiga intervyu berib, “Rossiya kuchlari bilan bizning armiyamiz son jihatdan teng holatda. Biz Rossiyani texnologik jihatdan yengishimiz kerak. Men bundan boshqa chora ko‘rmayapman”, degan edi. Mana shu gaplar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning noroziligiga uchradi. Chunki Zalujniy frontdagi holat bo‘yicha birinchi navbatda Ukraina Oliy bosh qo‘mondoni hisoblangan Zelenskiyga aytishi kerak edi. Ukraina prezidenti esa frontdagi holat haqida The Economist gazetasidan xabar topmoqda. Ungacha Zelenskiyga frontdagi asl holat bo‘yicha noto‘g‘ri maʼlumot berilgan. Shuningdek, Qrimni qamal qilish rejasi amalga oshmagani ham Zalujniyning lavozimidan ozod etilishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Zalujniyning lavozimidan olinishi kutilgan edi. Chunki OAVlarda shu masala haqida ko‘p xabarlar tarqalgan edi. Nazarimda, birinchi sabab qarshi hujumning muvaffaqiyatsizlikka uchragani. Bu muvaffaqiyatsizlikni kimdir bo‘yniga olish kerak edi. Demak, qarshi hujumni tayyorlagan qo‘mondon ishdan olindi. Bundan tashqari, Zalujniy va Zelenskiy o‘rtasidagi ayrim fikrlar bir-biriga qarama-qarshi edi. Misol uchun, Zelenskiy hujumga o‘tishga buyruq bergan bo‘lsa, Zalujniy ortga chekinishni tavsiya qilgan holatlar ro‘y berdi. Bugungi real frontdagi holat ham Zalujniyning ishdan olinishiga sabab bo‘lgan. Boisi bugun Ukraina qarshi hujumda emas, balki himoyalanmoqda.

    – Ukraina bosh shtabidagi o‘zgarish frontga qay darajada taʼsir ko‘rsatadi?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Avvalo, Zalujniyning bir o‘zi ketmaydi. Yangi qo‘mondon Aleksandr Sirskiy front chizig‘iga o‘zi ishongan generallarni tayinlaydi. Zalujniyning ishdan olinishida siyosiy omillar ham ro‘l o‘ynadi. Ukraina matbuotida har doim Zelenskiy bilan Zalujniy tenglashtirilgan va ayrim hollarda Zalujniyning reytingi prezidentnikidan balandroq bo‘lgan. Bir vaqtlar Vladimir Zelenskiy ikki bor prezidentlik muddatiga saylanmasligini aytgan edi. Balki kelajakda Zelenksiy prezident bo‘lolmasa-da, u tanlagan odam davlat rahbari bo‘lishini istagan bo‘lishi mumkin. Lekin men Zalujniy bergan vaʼdalarini bajara olmagani uchun ishdan olindi, deb o‘ylayman. Agar u bergan vaʼdalarini bajarib, Qrimni qamal qilganida, Zalujniyni hech kim ishdan olmas edi!

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Bizda kechuvda ot o‘zgartirilmaydi, degan naql bor. Albatta, Ukrainada bosh qo‘mondon o‘zgarishi frontdagi holatga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi. Masalan, Zalujniyning o‘z taktikasi va strategiyasi bor edi. Yangi tayinlangan bosh qo‘mondon o‘zgarishlarni amalga oshirishi uchun ham vaqt kerak. Ukraina uchun barcha muammolar bir vaqtning o‘zida keldi. Misol uchun, G‘arbdan moddiy va harbiy yordamlarning kechikishi va qo‘mondonning o‘zgartirilishi masalani yanada murakkablashtiradi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    – Yaqinda amerikalik jurnalist Taker Karslon Rossiya prezidenti Vladimir Putindan intervyu oldi. Bu suhbat shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Putin bergan intervyudan qanday xulosalar chiqarish mumkin?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Amerikalik jurnalist Taker Karslonning Rossiya prezidenti Vladimir Putindan olgan intervyusida hech qanday yangilik yo‘q. Putin suhbatni uzoq tarixdan boshladi va Ukraina millati yo‘q ekanligini tushuntirmoqchi bo‘ldi. Jurnalistning ham boshi og‘rib ketdi. Karslon bitta savolni 3 marotaba takrorladi. Har safar Putin bu savollarga ochiq javob bermadi. Putin urushni G‘arb boshlaganini taʼkidladi. Shaxsan men intervyuda yangi bir gap eshitmadim.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Putin yangi gap aytdimi-aytmadimi, bu muhim emas! Muhimi, Putinni G‘arb tinglamoqda. Amerikalik jurnalistning Rossiya prezidentidan intervyu olishi, aslida, Amerikadagi saylov jarayonlari bilan bog‘liq. Bu suhbatdan maqsad — Bayden maʼmuriyati yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish va Donald Tramp obro‘sini oshirish edi. Masalan, Taker Karslonning o‘zi ham respublika partiyasidan. Eng qiziq holat, Qo‘shma Shtatlarda prezidentlik uchun kurash davlat manfaatlaridan ustun kelmoqda. Tabiiyki, Putinning fikrlari Amerikadagi ayrim insonlarning qarashini o‘zgartiradi.

    Suhbatni jurnalist Sardor Ali olib bordi

    12.02.2024, 20:01   Izoh (0)   11140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jo Bayden TikTok’da akkaunt ochdi

    12.02.2024, 19:50

    Texas hukumati Meksika bilan chegarani mustahkamlash uchun sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirdi

    12.02.2024, 19:21

    Gruziya 2023-yilda turizmdan 4,1 milliard dollar daromad oldi

    12.02.2024, 17:42

    Mahsa Aminiyning amakisi 5 yilga qamaldi 

    12.02.2024, 17:19

    Rossiyada o‘zbekistonlik erkakning murdasi topildi

    12.02.2024, 17:00

    Shimoliy Koreya yangi reaktiv snaryadlarni sinovdan o‘tkazdi 

    12.02.2024, 16:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.