Sankt-Peterburgning Kolpinskiy tumanidagi vaqtinchalik turar joy kabinasidan o‘zbekistonlik erkakning jasadi bo‘yni kesilgan holda topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
![](/static/2024/02/12/photo_2024-02-12_16-10-54-5SzJ_YMD.jpg)
Volxovstroyevskaya ko‘chasidagi mazkur hodisa haqida politsiyaga 11-fevralga o‘tar kechasi xabar berilgan. Jasad 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan. Sud-tibbiy ekpertizasiga ko‘ra, uning tanasida pichoqdan ikkita jarohat aniqlangan.
Qotillikda gumon qilingan ikki erkak allaqachon qo‘lga olingan. Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Izoh (0)