Toshkent—Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 9-fevral kuni uchishi kerak bo‘lgan reys 4 soatga kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, HY271/272 reysining kechiktirilishiga texnik ishlar bajarilishi va havo kemasi rejalashtirilgan vaqtda uchishga tayyor emasligi sabab bo‘lmoqda. O‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
HY271 qatnovi
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 12:00 da, mahalliy vaqt;
- Istanbulga yetib kelish soat 13:20 da, mahalliy vaqt.
HY272 qatnovi
- Istanbuldan jo‘nab ketish soat 14:50 da, mahalliy vaqt;
- Toshkentga yetib kelish soat 23:20 da, mahalliy vaqt.
“Aviakompaniyaning texnik xizmati mutaxassislari zaxira havo kemasini rejalashtirilgan parvozga tayyorlash bo‘yicha barcha zarur ishlarni olib borishmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Kecha Toshkentda Rossiyaning “Aeroflot” reysi 6 soatdan ortiq kechiktirilgandi. Yanvar oxirida esa Toshkentdan Dubayga uchishi kerak bo‘lgan reys bir kunga kechiktirilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Izoh (0)