London—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 7-yanvar kuni London—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY202 reysi texnik sabablarga ko‘ra jo‘nash aeroportida kechiktirilgan. Shu sababli reys quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Londondan uchish mahalliy vaqt bilan soat 21:39 da;
- Toshkentga yetib kelish 8-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 08:33 da.
“Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Avvalroq Navoiy viloyatidan Moskvaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani, Silk Avia aviakompaniyasining USA-751 reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang bo‘roni) tufayli Qarshi aerodromiga yo‘naltirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)