• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda qurilish maydonlariga suv sepadigan osma yomg‘irlatgichlar o‘rnatiladi

    O‘zbekistonda qurilish maydoniga va unga kirib-chiqish yo‘llariga suv sepadigan osma yomg‘irlatgichlar o‘rnatiladi. Bu haqda 6-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda taʼkidlangan.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Davlat dasturida barcha sohalar kabi, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligini senatorlar tomonidan taʼkidlangan.

    “Yashil energiya” manbalari salmog‘ini oshirish maqsadida joriy yilda xorijiy investorlar ishtirokida Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 2 700 MVt bo‘lgan 6 ta yirik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Senatorlar bu o‘z navbatida mamlakatda energetik barqarorlikni taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etishdi. 

    Shuningdek, “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishni taʼminlash uchun qulay sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “yashil” sertifikatlar aylanmasi bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilmoqda. Shu bilan bir qatorda suv resurslarini tejash maqsadida yirik kanallarni betonlashtirish, suvni boshqarish tizimini tubdan isloh qilish, suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, sohaga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Atmosfera havosiga ko‘rsatilayotgan salbiy oqibatlarni kamaytirish, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 1,5 foizga qisqartirish, chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish, qurilish maydoniga va unga kirib-chiqish yo‘llariga suv sepadigan osma yomg‘irlatgichni o‘rnatish majburiy etib belgilash masalalari nazarda tutilayotganligi qayd etib o‘tildi.

    2024-yilda yashil bog‘lar sonini 444 taga yetkazish, yashillik darajasini 12,4 foizga olib chiqish, 112 ta yirik sanoat korxonalarining hududida va unga tutash hududlarda 2,1 million tup ko‘chatdan iborat “yashil belbog‘” lar barpo etish, Respublikada o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni 3,65 million gektarga (8,1 foizga) yetkazish choralarini ko‘rish vazifa qilib  belgilanganligi  ekologik barqarorlikni taʼminlashning muhim omili bo‘lishi aytib o‘tildi.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Atrof-muhitni muhofaza qilish  va suv resurslarini tejash yo‘nalishi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar bilan bir qatorda sohada qator normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari ham davlat dasturidan o‘rin olgan. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan vazifalar doirasida dengizning qurigan tubida qo‘shimcha 100 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish, iqlim o‘zgarishi salbiy taʼsirining oldini olish, biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlashda muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.

    Senatorlar Davlat dasturi loyihasiga bir qator taklif va tavsiyalar bildirdi.

    06.02.2024, 22:32   Izoh (0)   5455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ekologiya vazirligi Toshkent havosi ifloslanishiga taʼsir etayotgan omillarni ma’lum qildi

    12.01.2024, 13:43

    O‘zbekistonda har bir hududning havo, suv va atrof-muhit ifloslanishi darajasiga qarab reytingi tuziladi

    29.01.2024, 14:29

    “O‘zbekistonda sement zavodlari qurilishiga moratoriy eʼlon qilinadi” — Aziz Abduhakimov

    31.01.2024, 08:55

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidagi shifoxona yopilayotgani va bemorlar o‘z hisobidan dorilar sotib olayotgani aytildi

    06.02.2024, 22:27

    Uchqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasidan ozod etildi

    06.02.2024, 21:45

    Guliston shahar hokimi sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi

    06.02.2024, 21:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.