Kataloniya hukumati qurg‘oqchilik tufayli mintaqaning aksariyat qismida favqulodda holat e’lon qilishga qaror qildi. Bu haqda avtonomiya rahbari Pere Aragones jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar Barselonada istiqomat qiluvchilarni hisobga olgan holda 6 millionga yaqin odamga ta’sir qiladi.
Kataloniya Vazirlar Mahkamasi rahbari mintaqada tegishli kuzatuvlar olib borilgandan beri “eng uzoq va eng og‘ir qurg‘oqchilik” kuzatilayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Aragones “favqulodda vaziyat bosqichi boshlanganini” e’lon qildi.
Chora-tadbirlar suv iste’molini bir kishi uchun kuniga 200 litr bilan cheklashni nazarda tutadi. Cheklovlar qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va sanoatda suvdan foydalanish, suzish havzalarini to‘ldirish, sport zallari va plyajlarda dush qabul qilishga qo‘yiladi. ABC gazetasining yozishicha, tarixda birinchi marta suv zaxiralari 100 kub gektometrdan pastga tushdi.
Izoh (0)