Norvegiya hukumati meteorologlar so‘nggi 30 yildagi eng kuchlisi deb atayotgan Ingunn to‘foni yaqinlashayotgani munosabati bilan mamlakat aholisini uylarini tark etmaslikka va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi, deya xabar berdi Associated Press.
To‘fon chorshanba kuni Norvegiyaning markaziy qismidan o‘tib, payshanba kuni shimolga qarab harakatlanishi kutilmoqda. Qirollik rasmiylari Trondxaym hududi va Lofoten orollari uchun “qizil” ogohlantirish darajasini e’lon qildi.
Norvegiya politsiyasi qirg‘oqda tezligi soatiga 126-180 km bo‘lgan shamollar bo‘lishidan ogohlantirdi. Shuningdek, aviakompaniyalar reyslarda uzilishlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Norvegiya orollari o‘rtasida aloqani ta’minlovchi ba’zi parom operatorlari allaqachon xizmatlarni to‘xtatganini e’lon qilgan. Bundan tashqari, rasmiylar mamlakatning tog‘li hududlarida ba’zi maktablarni yopish va yo‘llar, tunnellar va ko‘priklarni to‘sib qo‘yishni buyurdi.
Izoh (0)