Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belgorod viloyatida qulagan Il-76 samolyoti Amerika Patriot tizimi tomonidan urib tushirilganini, ekspertiza buni aniqlaganini ma’lum qildi.
Putin, shuningdek, Kiyev Il-76 samolyotini adashib urib tushirganini tan oldi, ammo “bu baribir jinoyat” dedi Rossiya prezidenti.
“Rossiya Il-76 samolyoti halokati yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazishni talab qilmoqda”, — dedi u.
24-yanvar kuni Rossiyaning Il-76 harbiy-transport samolyoti Belgorod viloyatining Korochanskiy tumanida halokatga uchragan edi. Bortdagi 75 kishining barchasi, jumladan, 65 nafar ukrainalik harbiy asir halok bo‘lgan.
25-yanvar kuni harbiy transport samolyotining ikkala qora qutisi topilgan.
Izoh (0)