Germaniya aeroportlarida 1-fevralga belgilangan ish tashlash 1,1 ming reysning bekor qilinishi yoki kechiktirilishiga olib keladi, bu esa 200 ming kishining rejalarini buzadi.
Bu haqda Germaniyadagi aeroportlar manfaatlarini himoya qiluvchi ADV assotsiatsiyasi xabar berdi.
“Biz tariflar mojarosining tarafdori emasmiz, lekin ish tashlash bizning hududimizda bo‘lib o‘tmoqda”, dedi ADV rahbari Ralf Beysel.“Biz kasaba uyushmalarini muzokaralar stolida yechim izlashga chaqiramiz”.
Avvalroq Verdi kasaba uyushmasi ish tashlashga chaqirgan edi. Unga aeroportning 25 ming nafar xavfsizlik xodimi qo‘shildi.
Buning oqibatida yo‘lovchilarning tekshiruvdan o‘tishga ulgurmasligi kuzatilishi mumkin.
Izoh (0)