• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Taxtdagi odamovi”. Saroyda yashashni istamagan va o‘zini oddiy professor hisoblagan yevropalik diktator — Salazar taqdiri

    Antonio de Salazar oddiy universitet o‘qituvchiligidan hukumat rahbariga aylanib, Portugaliyani qariyb 40 yil davomida boshqardi va G‘arbiy Yevropaning so‘nggi diktatoriga aylandi. U betobligi sabab hokimiyatdan chetlatilganini ham bilmadi, har kuni faqatgina bir nusxada o‘zi uchun chop etilgan gazetalarni o‘qirdi. Quyida bosh vazir lavozimida uzoq yillar ishlab, mamlakatdagi iqtisodiy holatni tubdan o‘zgartirib yuborgan Salazar haqida hikoya qilamiz.

    Foto: AP Photo

    Xizmatchi-diktator

    “U shu qadar sokin diktator ediki, aksariyat yevropaliklar Portugaliyada diktatura mavjudligini bilmasdi ham”, — deya hazil qilishardi Antoniu Salazar haqida. U harbiy ham, ommaviy harakat yetakchisi ham, inqilobchi ham emasdi.

    Bu esa rejimga qarshi bo‘lganlarni ta’qib qiladigan maxfiy politsiyaga ega bo‘lishga, avtoritarizmni o‘rnatish va cheksiz hokimiyatni qo‘lga kiritishga xalaqit qilmadi. Umuman olganda, diktatura mavjud zamonaviy davlatlardan farqli o‘laroq, Portugaliyada o‘lim jazosi va ommaviy repressiya yo‘q edi. Salazar hokimiyatda bo‘lgan davrida 15 mingga yaqin inson hibsga olingan.

    “Antoniu Salazar — dengizchi Genrixdan keyin eng buyuk portugal”, — deyiladi Life jurnalining 1940-yilgi sonida.

    Vazirlar Mahkamasi raisi, Koimbra universiteti professori, ziyoli, kelishgan va ehtiyotkor — u o‘zgalar ishonchiga osongina kira olardi. Salazarning atrofidagilar yoqimli tabassumi, ajoyib soch turmagi va o‘ziga yarashgan kostyumi uning muvaffaqiyati siri ekanini tan olardi. Shu kabi kostyumlar sabab uni “xizmatchi-diktator” deb ham atashgan.

    Antoniu Salazar
    Foto: Getty Images

    Ruhoniylik yo‘lida

    Antoniu Salazar Portugaliya shimolida kichik yerlarga egalik qiluvchi oilada dunyoga keladi. Ota-onasi juda xudojo‘y bo‘lgani sabab u yoshligida ruhoniy bo‘lishni ham istagan. Ammo keyinroq o‘ylab ko‘rib, hujjatlarini mamlakatdagi eng qadimiy universitetlardan birining yuridik fakultetiga topshiradi va uni a’lo baholarga tamomlaydi. Bir necha yildan keyin Salazar shu yerning o‘zida dars bera boshlaydi. Umuman olganda, undan yaxshi lektor chiqmaydi — ko‘plab talabalar uchun u juda zerikarli edi.

    Antoniuning atrofidagilar u o‘zini biroz g‘alati tutayotgani haqida gapira boshlaydi. Erkak rostdan ham odamovi edi: kamgap, yopiq, kamtar, chekmaydigan, alkogol ichmaydigan, raqs va musiqaga qiziqadigan, ayollar bilan romantik munosabatlardan qochadigan. Shu bilan birga, ayollar yig‘ilgan davralar unga yoqar, Salazar go‘zallikdan hayratga tushishni ma’qul ko‘rardi.

    Aytishlaricha, Salazarning sevgi bobida omadi chopmagan. Yosh o‘qituvchiligi vaqtida u katta yer egasi bo‘lgan insonning qiziga dars bera boshlaydi. Ular orasida iliq tuyg‘ular paydo bo‘ldi va yoshlar oila qurishga qaror qiladi. Ammo qizning onasi pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar noodatiyligini payqab qolib, Salazarni quvib soldi.

    Mish-mishlardan yana biriga ko‘ra, u Mariya ismli o‘z xizmatkori bilan ham yaqin munosabatda bo‘lgan. Ammo bu ikki do‘st yoki ona va o‘g‘il munosabatlari kabi edi, ayol bo‘lsa qachondir ularning aloqasi o‘zgacha tus olishiga umid qilardi. Hokimiyat tepasiga kelgach Salazar yanada yopiq insonga aylandi — u har qanday ommaga ko‘rinish berishdan qocha boshladi. Mamlakat aholisi uning kabineti derazalari ostida qo‘llab-quvvatlov namoyishini o‘tkazsa ham, Salazar pardani tushirib qo‘yadi, deya hazillashardi.

    1926-yilda Portugaliyada harbiy to‘ntarish yuz beradi. Hokimiyatga kelgan isyonkor generallar mamlakat iqtisodiyotiga bog‘liq muammolarni qanday hal etishni bilmasdi — ular buning uchun yetarlicha bilimga ega emas edi. Salazar bu vaqtda eng yaxshi gumanitar-mutaxassislardan hisoblanardi. Armiya zudlik bilan unga murojaat qilgani ajablanarli emas.

    Natijada general Antoniu di Karmona va Salazar qariyb 20 yil davomida mamlakatni “prezident” hamda bosh vazir sifatida boshqardi.

    Foto: AP Photo

    Salazar joylardagi korrupsiyaga tezda barham berdi, inflyatsiyani yengdi va budjetni tartibga keltirdi. Sobiq professorning qo‘lida sekin-asta butun hukumat to‘plana boshladi. Salazar aslida hukumat raisi edi, unga sodiq harbiylar esa — “prezident”. Ular diktatorning hokimiyatiga ko‘z olaytirmas va uning vakolatlarini uzaytirib borardi, xolos. Rasmiy tadbirlarga borish ularning majburiyati hisoblanardi, shu sababdan bunday mas’ullardan biriga hatto “lenta qiruvchi” degan nom ham berishgan.

    Ispaniyadagi fuqarolar urushi davrida Salazar Frankoga bir necha ming ko‘ngilli yuboradi, shuningdek, isyonchilar uchun yuklar ortilgan nemis va italyan kemalariga portlarni ochib, uni qo‘llab-quvvatlaydi. Bunga rahmat sifatida Adolf Gitler tomonidan u zamonaviy “Yunkers” samolyotlarini qo‘lga kiritadi.

    Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Portugaliya yetakchisi o‘zini ehtiyotkor tuta boshlaydi: uning rejimi fashizmga yaqin bo‘lsa-da, mamlakat Angliyaning an’anaviy ittifoqchisi hisoblanardi. Shunda Salazar “yurish” qiladi: Lissabon Londonning ittifoqchisi bo‘lib qolishini, shu bilan birga, urushda betaraflik tamoyillariga rioya qilishini bildiradi. Ushbu qaror mamlakat uchun nafaqat tinchlik, balki katta daromad ham olib keldi.

    Portugaliya Gitlerga qarshi tuzilgan koalitsiyaga, shuningdek, Uchinchi reyx va uning ittifoqchilariga noyob volfram metallini sotishda katta foyda ko‘ra boshlaydi. Ammo mamlakatning boyib ketishiga buning o‘zi yetmasdi. Zamondoshlarining xotirlashicha, Portugaliya o‘sha yillarda ulkan qora bozorga aylangan. “Urush domida bo‘lgan sayyohlar  uchun mamlakat dunyoning eng jozibador maskani sifatida ko‘rinardi. Bu yerda elektr bor, ovqatlar kartochka bo‘yicha tarqatilmaydi, do‘konlar oziq-ovqat mahsulotlariga to‘la”, — deya ta’riflagandi inglizlardan biri.

    Davlat rahbari Yevropadagi “diktator-hamkasblari” tanlagan yo‘ldan ketmadi. Shaxsga sig‘inish uning uchun yot edi — portugallar yetakchisiga atab haykallar o‘rnatmadi, shahar va ko‘chalarga uning nomini bermadi. Boshqa mamlakatlarning yetakchilaridan farqli o‘laroq, u ancha kamtar hayot kechiradi. 1912-yildan boshlab Belen saroyi uning rasmiy qarorgohi hisoblangan. Ammo u yerda yashaganlik uchun rahbarlar har oy 100 ming real to‘lashi talab etilardi. Salazar hokimiyat tepasiga kelgach, ushbu qonunni bekor qiladi, biroq hashamatli qarorgohga ko‘chib o‘tmaydi. Lissabondagi ijara kvartirasi unga ma’qulroq edi.

    Portugaliya prezidentining rasmiy qarorgohi
    Foto: Depositphotos

    Mamlakat yetakchisining yagona nozik joyi — hashamatli avtomobillarga ishtiyoqida edi. Uning o‘zi mashina boshqarishni yaxshi ko‘rardi. 1955-yilda unga ikkita mashina — Rolls-Royce Silver Cloud va Bentley S-Series olib kelishadi.

    1956-yilda ishlab chiqarilgan Rolls-Royce Silver Cloud I Saloon
    Foto: Rmsothebys

    “Biz faqat yaxshi yangiliklarni yasaymiz”

    Boshqa masalalarda Salazar ancha sovuqqon hisoblanardi. Davlat rahbarining yaqinlariga ko‘ra, u oldingidek o‘zini universitet xodimi deya hisoblar, rahbarlik lavozimini esa uzoq vaqtga cho‘zilgan xizmat safari deb atardi. Shu sababdan u har yili universitetga o‘zi uchun navbatdagi akademik ta’til berishlarini so‘rab maktub yo‘llardi.

    Urushdan keyin Salazar ko‘pchilik uchun zamonaviylikdan chekingan inson sifatida ko‘rina boshlaydi. U mamlakat uchun erkin saylovlar, majburiy ta’lim, tibbiyot tizimi va ko‘p partiyalik nima uchun kerakligini rostdan tushunmas edi.

    Portugaliya koloniyalariga nisbatan pozitsiyasi ham qattiq edi. 1961-yilda mamlakatning Osiyo va Afrikada sakkizta mustamlakasi mavjud bo‘lib, Salazar ularning hech biriga mustaqillik berishni xohlamasdi. Xalqaro hamjamiyat bosimi ham bunga yordam bermaydi.

    Salazar Afrikadagi mustamlakalariga jo‘nab ketayotgan qo‘shinlarni ko‘zdan kechirmoqda, 1950-yil
    Foto: Getty Images

    Salazarning o‘zi 36 yillik boshqaruvi davomida biror marta ushbu mustamlaka hududlarning birortasida bo‘lmagan, Portugaliyaning bunday hududlari borligini ham rad etib kelgan. Oqibatda mazkur hududlarda qo‘zg‘olonlar boshlanadi va ularni bostirish uchun mamlakat budjetining uchdan bir qismi yo‘naltiriladi.

    Yosh portugallar mustamlaka hududlarda hokimiyatni saqlab qolish yo‘lida kurashish o‘rniga mamlakatdan qochishni ma’qul ko‘rdi. Hukumat bunga hech qanday chora ko‘ra olmadi, faqatgina o‘z fuqarolarining diniy qarashlaridan kelib chiqib, ularni ko‘ndirish hamda mustamlaka hududlardagi harbiy xizmatga majburlash yo‘lidan bordi. Butun boshli rejim faqatgina Salazarning shaxsiy obro‘si hisobiga ushlab turildi.

    1968-yilda o‘zining tebranma kursisida o‘tirgan Salazar yiqilib tushadi va uning boshi qattiq lat yeydi. Bosh miyaga quyilgan qon uning omon qolishiga imkon bermaydi. U shifoxonada bir oy yotgan bo‘lsa-da, mamlakat rahbari hisoblanardi. Ammo ko‘p o‘tmay yangi bosh vazirni tayinlashga qaror qilinadi. Natijada liberal professor Marselu Kaetanu lavozimga tayinlanadi.

    Salazarning hammaslaklari unga yomon xabarni yetkazishni istamaydi — o‘limiga qadar u mamlakat rahbarligidan ketganini bilmay yashadi. Shifokor va hamshiralarga mamlakatdagi real vaziyat haqida gapirmaslik topshiriladi. Salazar har kuni “Vazirlar Mahkamasi” yig‘ilishini o‘tkazar, oldiga olib kelgan hujjatlarga imzo chekar va qo‘l ostidagilarga buyruq berardi.

    79 yoshli qariya uchun hatto hukumat gazetasining alohida variantini chop etishadi — yagona nusxada. Unda Salazarning kayfiyatiga ta’sir qiladigan yangiliklar bo‘lmasdi. Aynan shu sabab amerikaliklarni yomon ko‘rgan Salazarga astronavtlar Oyga qo‘nganini aytishmaydi ham.

    1970-yilda Portugaliya diktatori vafot etadi. Umrining so‘nggi kunlariga qadar u o‘zini mamlakat bosh vaziri deya hisobladi. So‘rovlarga ko‘ra, u mamlakatdagi eng mashhur yetakchilardan biri bo‘lib qolgan.

    31.01.2024, 19:57   Izoh (0)   17699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qimordagi qarzlar, o‘nlab joriyalar va hashamatli hayot — “Gangster-shahzoda” deya nom chiqargan Tailand qiroli Rama X hayoti

    13.01.2024, 18:50

    Hashamatli hayot, “meros qolgan” million dollar va korrupsion sxemalar. Turkiya tarixidagi yagona ayol bosh vazir Tansu Chiller taqdiri

    20.01.2024, 20:00

    “O‘zini birinchi xonim deb hisoblardi”. Rafiqasini qamoqdan qutqarib qololmagan va xalq dushmaniga aylangan SSSR hukumati rahbari Molotov taqdiri

    27.01.2024, 21:08

    Kreml NATOning keng ko‘lamli mashg‘ulotlarini Rossiya uchun tahdid deb atadi

    31.01.2024, 19:02

    Saudiya Arabistoni AQSH bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni tikladi

    31.01.2024, 18:50

    Sulton Ibrohim Malayziyaning yangi qiroli bo‘ldi (video)

    31.01.2024, 17:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.