• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Belgorodda Il-76 harbiy samolyoti qulab tushdi. Unda o‘nlab ukrainalik asirlar bo‘lgani aytilmoqda (foto, video)

    Rossiyaning Belgorod viloyati Yablonovo qishlog‘i yaqinida Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “112” Telegram kanali xabar berdi. Telekanal ta’kidlashicha, bortda 63 kishi bo‘lib, ularning barchasi halok bo‘lgan. Ushbu ma’lumot rasman tasdiqlagani yo‘q. 63 kishining o‘limi haqida Rossiyaning “harbiy muxbiri” Yuriy Kotenok ham xabar berdi. U ushbu ma’lumotlarni qayerdan olganini ochiqlamadi.

    Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Korochanskiy tumanida “baxtsiz hodisa” sodir bo‘lganini aytdi. Ammo aynan nima bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.

    “Hozirda voqea joyida tergov guruhi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishlamoqda. Ish jadvalimni o‘zgartirib, hududga bordim. Barcha tafsilotlar keyinroq”, — deyiladi xabarda.

    Ko‘p o‘tmay Rossiya Mudofaa vazirligi Il-76 halokatini tasdiqladi. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, bortda Ukraina Qurolli kuchlarining asirlikdagi 65 nafar harbiy xizmatchisi bo‘lgan, ular almashish uchun Belgorod viloyatiga olib ketilayotgan edi, shuningdek, bortda ekipajning olti nafar aʼzosi va ularning uch hamrohi bo‘lgan. Harbiy vazirlikning ma’lum qilishicha, samolyot rejali parvoz vaqtida halokatga uchragan. Aerokosmik kuchlar komissiyasi “falokat sabablarini aniqlash uchun” halokat joyiga uchib ketgan.

    Telegram kanallari Belgorod yaqinida samolyot halokatga uchragani aks etgan videoni chop etdi.

    “Ukrainskaya pravda” nashrining Ukraina Qurolli kuchlaridagi manbasi xabar berishicha, samolyot halokati Ukraina harbiylarining “ishi” bo‘lgan. Nashrning Bosh shtabdagi suhbatdoshlariga ko‘ra, samolyot S-300 raketalarini olib ketayotgan edi. Biroz o‘tgach, “Ukrayinskaya pravda” o‘z yangiliklarini tahrirladi. Endilikda faqat Ukraina Qurolli kuchlaridagi manba samolyot halokatga uchraganini tasdiqlagani aytiladi. Nashrning Bosh shtabdagi suhbatdoshlari samolyot S-300 havo hujumidan mudofaa tizimi uchun raketalarni olib ketayotganini da’vo qilmoqda. Il-76 ning qulashi “Ukraina Qurolli kuchlarining ishi” bo‘lgani haqidagi gaplar olib tashlangan.

    “112” Telegram-kanalida Il-76 halokatga uchragan joydan olingan suratlar e’lon qilindi. Samolyot Yablonovo qishlog‘idan besh-olti kilometr uzoqlikda qulagan, yerda hech qanday vayronagarchilik yo‘q. Bu haqda “TASS”ga Yablonovo qishlog‘idagi Salonikalik Demetriy cherkovi rektori ma’lum qildi.

    “Qishloqda hech narsa zarar ko‘rmadi, u qishloq tashqarisida, dalada, taxminan besh-olti kilometr uzoqlikda quladi”, — dedi ruhoniy.
    Foto: Telegram
    Foto: Telegram

    SHOT va Mash kanallarining yozishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida 192 ga192 formatida mahbuslar almashinuvi 24-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Davlat Dumasi Mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolovning daʼvo qilishicha, Belgorod viloyatida halokatga uchragan samolyotdan keyin ukrainalik mahbuslar o‘tirgan yana bir Il-76 ortga qaytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi samolyot 80 ga yaqin mahbusni olib uchayotgan edi.

    Kreml samolyot halokatiga izoh bermadi. “Bu juda yangi ma’lumot. Biz shu bilan shug‘ullanyapmiz. Hozircha men hech narsa deyolmayman”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.

     

    24.01.2024, 15:24   Izoh (0)   26129
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada to‘rt yil avval Sheremetyevo aeroportida yonib ketgan samolyot uchuvchisi 6 yillik koloniyaga hukm qilindi

    20.06.2023, 16:06

    Rossiyada vertolyot, Vengriyada sport samolyoti halokatga uchradi (video)

    11.09.2023, 09:55

    Afg‘onistonda samolyot halokatidan omon qolganlarning video va suratlari namoyish qilindi

    22.01.2024, 14:49

    Rossiya TIV tarixchi Smolinning “1917-yilgi inqilobgacha o‘zbeklar mavjud bo‘lmagani” haqidagi gaplariga izoh berdi

    24.01.2024, 15:13

    Yekaterinburgdagi reydda o‘rdaksimon yurishga majburlangan migrantlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q ekani ma’lum qilindi

    24.01.2024, 13:24

    Janubiy Koreya KXDR Sariq dengiz tomonga qanotli raketa uchirganini ma’lum qildi

    24.01.2024, 12:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.