• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab yirik hujum uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

    23-yanvar kuni ertalab rus qo‘shinlari Ukrainaga katta hujum uyushtirdi. Ukraina Ichki ishlar vazirligining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, Kiyev, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarining o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, bir fuqaro klinik o‘lim holatida, 50 dan ortiq odam jarohatlangan. 

    Foto: Telegram

    Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari qanotli, ballistik, aviatsiya va zenit raketalari yordamida Ukraina hududiga jami 41 ta raketa uchirdi. Unga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 21 ta raketani urib tushirgan: 15 ta X-101/X-555/X-55 qanotli raketalari, “Iskander-M” majmuasidan uchirilgan beshta ballistik raketa, shuningdek, bitta X-59 boshqariladigan raketa. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni ta’kidlashicha, ballistik trayektoriya bo‘yicha otilgan Rossiya raketalarining hammasi ham nishonga yetib bormagan.

    Rossiya harbiylari Ukraina poytaxtiga bir necha bosqichda hujum qildi, dedi Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko. Avvaliga Rossiya qo‘shinlari Saratov viloyatidan Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyotlaridan X-101/X-555/X-55 qanotli raketalarini, keyin esa quruqlikdagi ballistik raketalarni uchirgan. Havo mudofaa kuchlari “qariyb yigirmata” raketani urib tushirgan.

    Hujumda shaharning bir qancha hududlari shikastlangan. Shahar harbiy ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Svyatoshinskiy tumanida avtomobillar yonib ketgan, ko‘p qavatli turar joy binosining kvartiralaridan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Shu va Pecherskiy tumanlarida ham noturar joy binolar zarar ko‘rgan. Solomenskiy tumanida turar joy binosiga zarar yetgan, Darnitskiy tumanida urilgan raketa parchalari ko‘p qavatli uy tomi va bolalar bog‘chasi hududiga qulagan.

    Shahar meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, Svyatoshinskiy tumanidagi uyning xonadonlaridan birida portlamay qolgan raketa kallagi topilgan. Uy aholisi evakuatsiya qilingan. Xuddi shu hududdagi boshqa binoning birinchi qavatidan beshinchi qavatigacha bo‘lgan balkonlari va to‘rtta xonadon vayronalardan zarar ko‘rgan.

    Shahar harbiy ma’muriyati Kiyevdagi otishmada bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Klichkoning so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, shaharda jabrlanganlar soni 18 kishi: 10 nafar katta yoshli odam va uch bola kasalxonaga yotqizilgan, yana to‘rt kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Klichko marhum haqidagi ma’lumotni rad etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqaro reanimatsiyaga yotqizilgan, u tirik.

    Keyinroq Ukraina Ichki ishlar vazirligi kiyevlik ayol klinik o‘lim holatida ekani, shifokorlar uning hayoti uchun kurashayotgani haqida xabar berdi. Yana 21 kishi jarohatlangan.

    Kiyev viloyati hududida urib tushirilgan raketa parchalari tushishi oqibatida uch kishi jarohat olgan. Turli rayonlarda uchta ko‘p qavatli uy, xususiy uy, xo‘jalik binolari, 12 ta yengil avtomobil, kafe shikastlangan, turar joylardan birining avtoturargohida yong‘in kelib chiqqan.

    Shuningdek, Rossiya qo‘shini Xarkov shahrining Kiyev va Saltivka rayonlariga zarba bergan, deb xabar qildi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Ukraina IIV ma’lumotiga ko‘ra, shaharda kamida uch kishi halok bo‘lib, 40 ga yaqin kishi jarohatlangan. Mahalliy rasmiylar jabrlanganlar soni 35 nafarligi, ulardan ikki nafari yosh bola ekanini xabar qilgan. Ko‘p kvartirali turar joy shikastlangan, xususiy uy, o‘quv muassasasi binosi hamda boshqa fuqarolik infratuzilmalari vayron bo‘lgan, avtomobillar yonib ketgan.

    Xarkov meri Igor Terexovning xabar qilishicha, zarba oqibatida turar joy binosining podyezdlaridan biri to‘liq vayron bo‘lgan. Xarobalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. Kiyev tumanining zarba ostida qolgan qismi elektr va ichimlik suv ta’minotidan uzilgan.

    Milliy politsiyaning Xarkov viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasi boshlig‘i Sergey Bolvinov zarbalar vaqtida Xarkovning chekka hududi ham jabrlanganini ma’lum qilgan. Bu hududda xususiy sektordagi turar joy shikastlangan, bolalar va bir ayol jarohat olgan. Raketalardan biri gaz quvuriga urilishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

    “TASS” axborot agentligi Rossiya qo‘shini 23-yanvarga o‘tar kechasi “Xarkovdagi yollanma jangchilar manzili bo‘ylab aniq zarbalar bergani” haqida yozdi.

    “Bu shaxslar qaysi mamlakatlar fuqarolari ekani to‘g‘risida hozircha ishonchli ma’lumot yo‘q, ammo bu ma’lumotga oydinlik kiritilmoqda”, — degan agentlik manbasi. Favqulodda xizmatlardagi bu manba Xarkovdagi turar joyga go‘yoki Ukraina Qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi urilganini qo‘shimcha qilgan.

    Dnipropetrovsk viloyatining Pavlograd shahri o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana bir kishi jarohatlangan, deb xabar bergan region harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak.

    Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ukrain shaharlari yoppasiga o‘qqa tutilishini “rossiyaliklar terrori” deb atadi.

    “Bu terrorni faqat kuch bilan to‘xtatish mumkinligini dunyo tushunishi kerak. Dunyo yana shuni tushunishi kerakki, rossiyaliklarning raketalari hozir Ukraina bo‘ylab uchmoqda, ammo, agar bugun zaiflik namoyish etilsa, ertaga ular g‘arbdagi shaharlar ustidan uchadi”, — degan u.

    Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shini tinch aholiga zarba bermasligini ta’kidladi. U ertalab Ukrainadagi obyektlar bo‘ylab yo‘llangan zarbalarni Donetsk bo‘ylab hujumga javob deb hisoblash mumkinmi, deya berilgan savolga shunday javob qaytargan.

    “Biz maxsus harbiy amaliyotimizni davom ettirmoqdamiz va harbiylarimiz ijtimoiy obyektlar va aholi kvartallari bo‘ylab zarba bermayapti. Kiyev rejimidan farqli o‘laroq, tinch aholiga zarba bermayapti. Bu bizning harbiylarni Kiyev rejimi harbiylaridan tubdan farqlab turadigan jihat”, — degan Kreml rasmiysi.
    23.01.2024, 16:13   Izoh (0)   9828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya qo‘shinlari Kiyevga ballistik raketalar bilan hujum uyushtirdi

    11.12.2023, 11:55

    Ukraina mudofaa vaziri Rossiya yana raketalar yog‘dirishidan ogohlantirdi 

    29.12.2023, 21:05

    Rossiya Ukrainaga yangi raketa hujumi uyushtirdi. Savdo markazi zarar ko‘rdi

    08.01.2024, 13:10

    Lavrov AQSHni “Putinning xayrixohligini” mensimaslikda aybladi

    23.01.2024, 15:23

    AQSH va Buyuk Britaniya Yamanga navbatdagi zarbalarni berdi

    23.01.2024, 14:27

    AQSHda so‘nggi 30 yildagi eng dahshatli ommaviy qotillik sodir bo‘ldi

    23.01.2024, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.