Bugun, 22-yanvar kuni ertalab Hindistonning Sonipat shahridagi kurortdan erkak va ayolning yarim yalang‘och jasadlari topildi.
The Tribune sayti xabariga ko‘ra, erkak Dehlida yashovchi 26 yoshli Himanshu ismli shaxs, ayol esa o‘zbekistonlik bo‘lib, uning yoshi 32 da, familiyasi esa Abdullayeva ekani ma’lum qilingan.
Politsiya holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol hindistonlik erkak bilan 21-yanvar, yakshanba kuni soat 20:30 atrofida Kami qishlog‘idagi Mera Gaon Mera Desh kurortiga kelib joylashgan.
Dushanba kuni ertalab ular xonadan chiqmaganidan keyin, mehmonxona xodimlari xonaga derazadan qarab, ularni karavotda jonsiz holda yotganini aniqlashgan.
Ularning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Politsiya jasadlarni sud-tibbiy ekspertizaga jo‘natgan.
Izoh (0)