Tukiyaning Istanbul shahridagi kasalxonada o‘zbekistonlik ayol vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
12-yanvar kuni soat taxminan 20:00 larda O‘zbekiston fuqarosi, 1987-yilda tug‘ilgan ayol O.T. sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Istanbul shahridagi Samatya shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan shoshilinch tibbiy yordamga qaramasdan uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Marhumaning Turkiyada yaqin qarindoshlari bo‘lmaganligi sababli O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi holatga aniqlik kiritib, uning Andijon viloyatida yashovchi yaqinlari bilan aloqa o‘rnatib, voqea tafsilotlari batafsil tushuntirilgan.
Bosh konsulxona tomonidan holat yuzasidan barcha zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilishi tashkil etilib, marhumaning jasadini qisqa vaqt ichida O‘zbekistonga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)