Toshkentning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlarida atmosfera havosining ifloslanish darajasi ortib borayotgani tufayli atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ekologik monitoring o‘tkazildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida 160 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirildi.
Chilonzor tumanida joylashgan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga mansub 70 ta korxonaga, jumladan, beton, un mahsulotlari, keramika va kafel, mato-gazlama va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarga chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berildi.
Sergeli tumanida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga mansub 68 ta korxona chang gaz tozalash uskunalari o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirildi.
Yangihayot tumanida joylashgan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga mansub 22 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berildi.
Izoh (0)