• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hashamatli hayot, “meros qolgan” million dollar va korrupsion sxemalar. Turkiya tarixidagi yagona ayol bosh vazir Tansu Chiller taqdiri

    Tansu Chiller — Turkiyaning birinchi va hozirga qadar yagona ayol bosh vaziri. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, bir necha tilda bemalol gaplasha oladigan Chiller mamlakat obro‘sini xalqaro maydonda ko‘tarishga erishdi. Ammo korrupsion mojarolar sabab u lavozimdan ketishga majbur bo‘ladi. Onasi Istanbuldagi eski kvartirada kun kechirayotgan bir paytda siyosatchi qimmat brendlarning kiyim-kechaklari va xorijdagi hashamatli villalar uchun pul sarflardi. Quyida ko‘plab erkaklarning sevimli siyosatchisi bo‘lgan Chiller haqida hikoya qilamiz.

    Tansu Chiller
    Foto: Reuters

    “Xayrli kun, xonimlar va janoblar. Bugun bosh vazir Chillerni Vashingtonda kutib olish sharafiga muyassar bo‘ldim. U talabalik yillaridan buyon mamlakatimizni yaxshi biladi, bir necha bor bu yerga kelgan. Munosabatlarimizni mustahkamlash va Qo‘shma Shtatlar hamda Turkiya o‘rtasida sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda birga ishlashga kelishib oldik”, — degandi AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton.

    Uning Turkiya hukumati rahbari bilan yuzma-yuz uchrashuvi ancha uzoq davom etgandi — ikkala delegatsiya ham xavotirga tusha boshlaydi. Xonadan chiqar ekan prezident yordamchilariga qarata shunday deydi: “U juda shaddod ayol ekan”. Turkiya tomoni buni xushomad sifatida qabul qiladi.

    Tansu Chiller doimo erkaklar tomonidan e’tirof etib kelingan: chiroyli, aqlli, ziyoli, jasur. “Men hech qachon o‘zim ishtirok etgan yirik jangda mag‘lubiyatga uchragan emasman”, — degandi u televizion debatlarning birida. Ushbu voqeadan to‘qqiz kun oldin u “To‘g‘ri yo‘l” konservativ partiyasi yetakchisiga aylangan edi.

    “Onam keldi”

    Tansu Chiller Istanbulda o‘rta sinf oilasida dunyoga keldi. Otasi jurnalist edi, keyinroq Bilejik viloyati gubernatoriga aylandi. Ota-ona qiziga yaxshi ta’lim beradi: avvaliga u Amerikadagi ayollar kolleji huzuridagi Iqtisodiyot maktabini tamomlaydi, keyin esa Istanbuldagi Bosfor universitetining iqtisodiyot fakultetida o‘qiydi. Shundan keyin Tansu AQSHga yo‘l olib Konnektikut universitetida nomzodlik darajasini oladi va Yel universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

    Tansu Chiller ofisi, 1993-yil
    Foto: Getty Images

    Bundan tashqari, bo‘lajak siyosatchi Lankasterdagi Franklin va Marshall kollejida iqtisoddan dars beradi. Keyinroq Istanbulga qaytadi va 36 yoshida mamlakatdagi nufuzli Bosfor universitetining eng yosh professoriga aylanadi.

    Ayol katta siyosatga 1990-yilda kirib keladi va oradan uch yil o‘tib mamlakatni boshqarishni boshlaydi. Uning siyosiy ustozi “baba” (ota) deb chaqirilgan Sulaymon Demirel hisoblanadi. Chiller tarafdorlari shahar ko‘chalari bo‘ylab “Ota ketdi, ona keldi” yozuvi tushirilgan plakatlarni ilib chiqqandi o‘shanda.

    “U mamlakatini keyingi yuz yillikka olib kirishga eng yaxshi nomzoddek edi: iqtisodchi, ingliz tilida erkin gaplasha oladi, musulmon davlatida tug‘ilgan bo‘lsa-da ashaddiy sekulyar”, — deb yozgandi g‘arb OAV Tansu Chiller haqida.

    Diplomatlar odatda ixtisosligi iqtisodchi bo‘lgan bosh vazirga tashqi siyosat bo‘yicha tajriba yetishmasligi, u kun tartibiga kiritilmagan har qanday masalaga sabrsiz munosabatda bo‘lishidan shikoyat qilardi. Xalqaro munosabatlardagi tajribasizlik Chillerga Yevropa davlatlari yetakchilari bilan yaxshi munosabat o‘rnatishga xalaqit qila olmaydi: u Fransiya prezidenti Fransua Mitterandan Parijga, Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher tomonidan esa Londonga shaxsan taklif etiladi.

    Tansu Chiller Parijga rasmiy tashrif chog‘ida 
    Foto: Getty Images

    Chiller boshqaruvi davomida Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan juda yaqin munosabat o‘rnatdi. Anqara va Bryussel bojxona bitimini imzoladi. Tansu, shuningdek, AQSH va Yevropa Kurdiston Ishchi partiyasini terrorchilik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga erishdi.

    Uning eng asosiy yutuqlaridan biri sifatida turk armiyasini modernizatsiya qilgani e’tirof etiladi. Bunga qadar askarlar Ikkinchi Jahon urushidan qolgan eski qurollardan foydalanar edi, Chiller davrida esa Turkiya Qurolli Kuchlari zamonaviylashdi.

    Hashamatga bo‘lgan qiziqish

    Tansuning shaxsiy hayoti ham yaxshi kechdi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan u o‘smirlik davridayoq tanishgan edi. Aynan o‘sha vaqtda u Turkiyada hozirga qadar qoralab kelinadigan ishni amalga oshiradi — erini to‘ydan keyin o‘z familiyasiga o‘tishga ko‘ndiradi. Shunday qilib Ezer Uchuran Ezen Chillerga aylanadi.

    Butun Turkiya ustidan kulayotgan turmush o‘rtog‘ini xafa qilmaslik maqsadida Chiller doim oiladagi eng muhim qarorni eri qabul qilishini ta’kidlab kelardi. “Menga hukumatni shakllantirish topshirildi. Ammo erim oldingidek uyimizda oilamiz boshi”, — derdi siyosatchi.

    AQSH prezidenti Bill Klinton va Turkiya bosh vaziri Tansu Chiller
    Foto: AP Photo

    Ezerning o‘zi esa juda oliyjanob oiladan edi. Ajdodlari orasida Ali Jamol Afandi Sulaymon I davrida Shayx ul-islom bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, Ezer rafiqasining soyasida qolishni ma’qul ko‘rardi.

    Avvaliga erkak Istanbul Bankasi — mamlakatdagi eng yirik xususiy banklardan birining bosh direktori bo‘ladi. Chillerlar oilasi ushbu tashkilot ssuda ajratadigan kamida sakkizta kompaniyani ta’sis etadi. Ammo tez orada barcha bitimlar shubhali deya tan olinadi.

    Bank bankrotlikka uchragach, oqibatlarni bartaraf etish uchun hukumat mamlakat budjetining ikki foizini ajratishga majbur bo‘ladi.

    Shundan so‘ng Ezer biznes bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Jamoatchilik Chillerlar juda tez multimillionerga aylanganliklariga e’tibor qaratadi. Bosh vazir katta pullar — million dollardan ortiq mablag‘ va oltinlar 1995-yilda vafot etgan onasidan meros bo‘lib qolgani, keyin esa uni to‘g‘ri yo‘naltirganini ta’kidlab kelardi.

    Shunda jurnalistlar Muazzez Chiller yashagan uyni qidirib topadi va qo‘shnilari bilan suhbat quradi, ular esa o‘z navbatida boshqa hikoyani aytadi. Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, Tansu Chiller doim did bilan kiyingan va qimmat kiyimlarga ko‘p pul sarflagan. Yoshligida u kolgotkalarning o‘ziga oyiga 400 dollardan ortiq pul ishlatgani haqida mish-mishlar yuradi. Ammo shu bilan birga, Tansuning onasi juda qashshoq kun kechirgan, shunday ekan uning buncha mablag‘ to‘plashi dargumon edi.

    Tansu Chiller va Pokiston sobiq bosh vaziri Benazir Bhutto, 1994-yil
    Foto: AP Photo

    “Bu ayol kasal edi, yaxshi ovqatlanmasdi. U bilan do‘konga borar, idish-tovoqlarni yuvardik, ovqat tayyorlashga yordam berardik. Ijara haqini doim kech to‘lagani sabab uy egasi bilan ko‘pincha muammoga duch kelib turardi”, — deydi Muazzez Chillerning qo‘shnisi The New York Times’dagi maqolada.

    Ko‘p o‘tmay boshqa faktlar ham yuzaga chiqa boshlaydi. Aniqlanishicha, bosh vazir va uning turmush o‘rtog‘i Turkiya va AQSHda ko‘chmas mulklarga egalik qilgan. Masalan, 1992-yilda juftlik Nyu-Gempshirdagi hashamatli villani 1,5 million dollarga sotib oladi. Bundan tashqari, oila AQSHdagi katta savdo markaziga egalik qilardi. Hatto Tansuda Amerika fuqaroligi borligi haqida mish-mishlar yurardi, ammo Chillerning o‘zi buni rad etgan.

    “Qurigan atirgul”

    Siyosatchi 1993-yildan 1996-yilga qadar hokimiyat tepasida bo‘lgan vaqtida davlat mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirganlikda gumon qilinadi. Tergov davomida parlament komissiyasi Tansu Chiller o‘z xohishi bilan taqdim etgan maxfiy soliq deklaratsiyalari va moliyaviy hujjatlarni e’lon qiladi.

    Oxir-oqibat, 300 sahifada e’lon qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqqan komissiya bosh vazir hech qanaqa qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymagan degan xulosaga keladi. Siyosatchidan barcha ayblovlar olib tashlanadi va u jinoiy ta’qibdan qutuladi.

    Ammo Chillerning reytingi tushib ketadi, OAVda chop etilgan keyingi maqolalar ham unga qattiq zarba beradi. Tansu 1995-yilda Ozarbayjonda prezident Haydar Aliyevni hokimiyatdan ketkazish bo‘yicha uyushtirilgan to‘ntarishga aloqadorligi haqida ma’lumot tarqaladi. Bu ma’lumotlar ham o‘z tasdig‘ini topmagan.

    Shu bilan birga, Chiller yana korrupsiyada ayblana boshlaydi — bu safar turk hukumatining maxfiy jamg‘armasidan 50 million dollar yo‘qolganligida. Buni isbotlashga ham biror dalil topilmaydi. Chiller 1997-yildagina harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyatdan chetlatiladi.

    Chiller va Ozarbayjon armiyasi
    Foto: Legion-media

    “Tansu Chiller barcha sekulyar turklardan ham ishonchliroq”, — deyishardi mamlakatda. Yurtdoshlari uni Istanbul atirguli deb atagan: chiroyli, biroq ba’zida tikanlari bor. Ammo korrupsion mojarolar sabab turklar o‘zining bosiq bosh vaziri haqida eslashni ham xohlamaydi. “Atirgul qurib qoldi”, deya xotirlaydi ayrimlar.

    Ayni vaqtda Tansu Chillerning hayot tarzi haqida ko‘pchilikda ma’lumot yo‘q. Sevimli rafiqa va ikki bolaning onasi siyosatdan ketganiga ancha bo‘ldi, hozirda u Bosfor sohilidagi uyida yashab keladi. Istanbulning bu qismidagi uylar 10 milliondan 100 million dollargacha baholanadi.

    Zamonaviy koshonalar Usmonlilar davriga tegishli qasrlar bilan yonma-yon joylashgan. Ayrim tarixiy binolar XVII asrda qurilgan. Mahalliy aholi shaharning eng yaxshi restoranlari va do‘konlariga boradi.

    Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Tansu Chiller
    Foto: Anadolu

    Chillerning qo‘shnilari Forbes ro‘yxatiga kiritilgan biznesmenlar, shuningdek, kompozitor Sezen Aksu, aktrisa Beren Saat, qo‘shiqchi Kenan Dogulu kabi Turkiyaning eng badavlat insonlaridir.

    20.01.2024, 20:00   Izoh (0)   17520
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Panamalik “Frankenshteyn”. AQSH razvedkasiga ishlab, kokain savdosi bilan shug‘ullangan general Noryeganing qulatilishi

    30.12.2023, 17:22

    Qimordagi qarzlar, o‘nlab joriyalar va hashamatli hayot — “Gangster-shahzoda” deya nom chiqargan Tailand qiroli Rama X hayoti

    13.01.2024, 18:50

    “100 dollarlik kupyuradagi amaki”. Prezident bo‘lmasa-da, AQSH tarixidagi eng mashhur uch hujjatga imzo chekkan Benjamin Franklin taqdiri

    17.01.2024, 17:08

    Eron ‘‘Sorayya’’ sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi

    20.01.2024, 19:25

    Isroilning axborot urushidagi mag‘lubiyati: propaganda, dezinformatsiya, fuqarolik jurnalistikasi

    20.01.2024, 19:00

    Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish uchun 10 banddan iborat reja ishlab chiqdi

    20.01.2024, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ulan Batorda O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston turizm forumi bo‘lib o‘tdi (foto)

    O‘zbekiston | 23 iyun, 10:50

    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 23 iyun, 10:30

    “Stop, olindi”: suratga olish jarayoni haqiqiy azobga aylangan filmlar

    Madaniyat | 23 iyun, 10:41

    Merkel: “Eronga berilgan zarbalarni Ukrainadagi urush bilan solishtirib bo‘lmaydi”

    Dunyo | 23 iyun, 10:35

    Toshkent viloyatida kadastr xodimi 1200 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 10:29

    Isroil 33 nafar falastinlikni o‘ldirib, G‘azodagi 3 nafar asirning jasadini qaytarib oldi

    Dunyo | 23 iyun, 10:20

    Abduqodir Husanovning “Al-Ayn”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

    Sport | 23 iyun, 10:16

    “Siqilma” bilan tanilgan, azador payti ham qo‘shiq kuylagan, prezidentga maktub yozgan Mashhur Muhammad 38 yoshda

    Madaniyat | 23 iyun, 10:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.