• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroilning axborot urushidagi mag‘lubiyati: propaganda, dezinformatsiya, fuqarolik jurnalistikasi

    Bugungi zamonaviy urush harakatlari nafaqat frontda, balki urush olib bormayotgan mamlakatlar hududida ham sodir bo‘lmoqda. Bu kurash asosan axborot makonida kechmoqda. Sababi axborot o‘ta qudratli kuch hisoblanadi. Bunday urush harakatlari gibrid urush deya eʼtirof etilmoqda.

    Xo‘sh, gibrid urushning vositalari nimalardan iborat? Bugungi kunda sodir bo‘layotgan urushlar XX asrdagi urushlardan nimasi bilan farq qiladi? “Daryo” ushbu mavzuda siyosatshunos Oybek Sirojov va jurnalist Ilhomiddin Said Olim bilan suhbatlashadi.

    – Bugungi kunda sodir bo‘layotgan urushlar XX asrdagi urushlardan nimasi bilan farq qiladi?

    Oybek Sirojov siyosatshunos:

    – Inson o‘z tarixi mobaynida kosmosni zabt etdi, sunʼiy intellektni yaratdi, lekin urushga yechim topa olmadi. Inson mavjud ekan urushlar davom etmoqda. Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi 5000 yildan atigi 290 yili urushlarsiz o‘tgan ekan. Afsuski, bu anʼana XX asrda ham, XXI asrda ham davom etmoqda, Inson qanchalik taraqqiy etgani sari, urushlarda ko‘riladigan zararlarning masshtabi kengayib bormoqda. Nahotki, inson urushsiz yashay olmasa? Bu savolga siyosatshunoslar manfaatlar to‘qnashuvi oxir-oqibat urushga olib keladi deb javob beradi. Chunki insonning ehtiyojlari va manfaatlarining chegarasi yo‘q. Biroq dunyoda resurslarning cheklangani urushlarga sabab bo‘ladi.

    Meni nazarimda har qanday muammoni urushsiz yechishning yo‘llari mavjud. Buning uchun ko‘proq ilmga eʼtibor qaratish muhim hisoblanadi. Sababi, urushlar insoniyatga katta halokatlarni olib keladi. Yaʼni bir avlod yillar davomida shaharlar bunyod etadi. Boshqa avlod bo‘lsa uni bir kunda vayron qiladi. Masalan, Ukrainani olsak, o‘sha shaharlar yillar davomida bir avlodning mehnati, zahmati evaziga barpo etilgan. Lekin ikki yilda kuli ko‘kka sovrildi.

    ‘‘Urushni siyosatchilar boshlaydi, uning jabrini esa butun xalq tortadi’’, deb bekorga aytishmagan. To‘g‘ri, lokal (muayyan joyga xos, mahalliy – tahr) urushlar har doim bo‘lib kelgan. Lekin Ukraina-Rossiya va G‘azo sektoridagi urushlar ko‘proq mintaqaviy xarakter kasb etib bormoqda. Bu urushlarga bir emas, bir qancha kuchlar jalb qilinmoqda. Qayerda diplomatiya mag‘lub bo‘lsa, o‘sha yerda urush boshlanadi.

    Siyosatshunos Oybek Sirojov
    Foto: “Daryo”

    Ilhomiddin Said Olim jurnalist:

    – Darhaqiqat, agar insoniyat tarixiga nazar tashlasak, urushlarsiz va mojarolarsiz o‘tgan yilni topish juda qiyin. Lekin aslida taraqqiyotning asosiy sababchisi ham aynan urushlar bo‘lgan. Chunki qaysidir davlat biror hududni egallash uchun o‘zining harbiy qudratini rivojlantirishga harakat qilgan. Oldin insonlar oddiy qilich bilan jang qilgan bo‘lsa, bugun odamlar zamonaviy qurollar bilan jang olib bormoqda. Bu bilan taraqqiy etish uchun urush qilish kerak, degan fikrdan yiroqman. Lekin shu qurollar ustida olimlar ish olib borgan. Hozirda qo‘limizda bo‘lgan mobil aloqa vositasi telefon o‘z vaqtida harbiy razvedkada xizmat qilgan. Ruslarda “menga foyda keltiradigan barcha narsa yaxshi”, degan maqol bor.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos: 

    – Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoga bosqini bu hududni 300 yil taraqqiyotdan ortga surib yubordi. To‘g‘ri, Ilhomiddin aka aytayotgan fikrlarda jon bor. Doimiy urush xavfi harbiy sohaga ko‘proq mablag‘ ajratishga sabab bo‘lgan. Bugungi statistik maʼlumotlar ham buni asoslab turibdi. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlar har yili harbiy sohaga 1 trillion dollar atrofida mablag‘ ajratadi. Agar shu pulni ijtimoiy hayotga yo‘naltirilsa, inson qanchalik taraqqiy etgan bo‘lar edi? Dunyoni bir hududida odamlar ochdan o‘lmoqda, boshqa hududida esa trillionlab mablag‘larni qurol uchun sarflamoqda. Biz olimlar mana shunday muammolarga yechim ko‘rsatishimiz kerak.

    – Zamonaviy gibrid urushning vositalari nimalardan iborat? O‘zi gibrid urush nima?

    Ilhomiddin Said Olim jurnalist:

    – Hozir qo‘limizdagi mobil telefon orqali axborot qabul qilishimiz gibrid urushga vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Gibrid urush – dushman tomonning ichida buzg‘unchilik yoki fitna chiqarish orqali raqibni zaiflashtirish hisoblanadi. Bu yerda gibrid urush olib borayotgan tomon qurol ishlatmaydi va bo‘layotgan jarayonlarga aloqador emasligini taʼkidlaydi. Masalan, 2014-yilda Qrimni Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi. 2014-yilda Ukraina ichkarisida xaos yuzaga keldi va shu orada o‘z-o‘zidan Qrim Rossiya tarafga o‘tib qoldi. Rossiya Qrimdagi ishlarga aloqador emasligini bir necha marotaba aytdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Rossiya Qrimni anneksiya qilganligini eʼlon qildi. Shundan keyin Ukraina hududida Donetsk va Lugansk xalq respublikalari paydo bo‘lib, ular Ukrainadan mustaqil ekanligini ayta boshladi.

    Jurnalist Ilhomiddin Said Olim
    Foto: “Daryo”

    2010-yil oxirida arab mamlakatlarida boshlangan “Arab bahori” deb nomlangan qator norozilik namoyishlarini ham gibrid urush namunasi deyish mumkin. Gibrid urushning asosiy vositasi – bu axborot. Yaʼni maʼlum mamlakat aholisiga axborot yetkazish orqali jamiyat mavjud hukumatga qarshi qo‘yiladi va shu orqali davlat ichkarisidagi muhit buziladi. Oxir-oqibat davlat parchalab yuboriladi. Bu jarayonda hech qanday qurol ishlatilmaydi. Chunki urush bu juda katta xarajat.

    Shuningdek, gibrid urush olib borayotgan tomon dushman tarafga o‘z askarlarini qo‘ymaydi, balki yollanma askarlardan ko‘proq foydalanadi. Misol uchun, Ukraina tomondan Rossiyaga qarshi jang olib borayotgan askarlar qatorida yevropaliklar va chechenlar bor. Rossiya tomonda esa CHVK “Vagner” xususiy harbiy tashkilotlarini ko‘rdik. Rossiya bu harbiy tashkilotni o‘ziniki ekanligini har doim rad qilib kelgan. Bu tashkilot istasa Venesuelada, istasa Suriyada harbiy amaliyot olib boradi. Buni ortida kim turganligini isbotlab bera olmaysiz. Shu bilan birga, gibrid urushni unikal tomonlaridan biri – katta resurs talab qilmaydi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos: 

    – Gibrid urushda noanʼanaviy vositalardan foydalangan holda urush harakatlari amalga oshiriladi. Masalan, anʼanaviy urushda obyekt va subyekt aniq bo‘ladi. Biroq gibrid urushda subyekt kim ekanligini topish murakkab. Baʼzi olimlar gibrid urush anʼanaviy yondashuv bilan noanʼanaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda urush olib borishni ham gibrid urush deb ataydi.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    Ukraina va Rossiya mojarosida urush olib borayotgan har ikki tomon ham aniq. Ikki tomon ham anʼanaviy va noanʼanaviy vositalardan foydalanmoqda. Masalan, Bucha voqeasi (2022-yil 1-aprel)ni olaylik. Rossiya Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi. Biroq Ukraina Rossiya tomonni ayblamoqda.

    Ayrim mutaxassislar zamonaviy urushlarda faqat anʼanaviy vositalardan foydalanib, urush olib borib bo‘lmasligini taʼkidlaydi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, XXI asrdagi urushlarning aksari gibrid urush bo‘ladi va tomonlar barcha vositalardan foydalanishga harakat qiladi.

    Gibrid urushning 2 ta afzal jihati mavjud. Birinchisi, xalqaro huquq nuqtayi nazardan amalga oshirilgan urush harakatlari uchun maʼlum bir jazo turlari bor. Lekin subyekt aniq bo‘lmagani uchun qaysidir tomonni jazoga tortish murakkab bo‘lib qoladi. Ikkinchisi, gibrid urush anʼanaviy urushdan ancha arzonroq.

    Ilhomiddin Said Olim jurnalist:

    – Aslida gibrid urushning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Masalan, o‘rta asrlarda ayrim imperiyalar o‘z dushmanini zaiflashtirish uchun yollanma qotillar yoki vikinglardan foydalangan. Yoki bo‘lmasa, Sovet Ittifoqining parchalanishida ham gibrid urush namunalarini ko‘rishimiz mumkin.

    – G‘azo sektorida kechayotgan urush harakatlarida axborot urushi qanday ahamiyat kasb etmoqda?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    –  Yaqin Sharqdagi mojaroda axborot urushi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki axborot urushi zamonaviy urushning ajralmas bo‘lagiga aylandi. Isroilning harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb mamlakatlarida Isroilga qarshi namoyishlar uyushtirildi. Nima uchun shunday bo‘ldi? Sababi, G‘azo sektorida begunoh insonlarning qurbon bo‘layotgani aks etgan videolar ularning kayfiyatiga jiddiy taʼsir qildi.

    G‘azodagi vaziyat haqida karikatura
    Foto: irancartoon.com

    Janubiy Afrika davlati Isroilni genotsid uyushtirishda ayblab xalqaro sudga tortdi. Mana shu ham axborot urushining mevasi. Har qanday urushda frontning orqa tomonidagi holat muhim va frontning orqa tomoniga bevosita taʼsir ko‘rsata oluvchi narsa – bu axborot. Masalan, Rossiya Ukraina o‘rtasida kechayotgan urushda tomonlarni eshitadigan bo‘lsangiz, bitta holat bo‘yicha tomonlar butunlay teskari munosabat beradi. Bundan asosiy maqsad – uchinchi tomon va jamiyatga kuchli ekanligini ko‘rsatish.

    Hozir Isroilning shashti ancha sovib qolgan. Xalqaro hamjamiyatning bosimi unga maʼlum maʼnoda taʼsir ko‘rsatmoqda. Masalan, Bucha voqealaridan keyin Rossiya tomonda faoliyat ko‘rsatadigan sharhlovchilarning barchasi bu voqeani oqlashga harakat qildi. Sababi, Bucha voqeasi kuchli rezonans berdi. Shu boisdan axborot urushi zamonaviy urushning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

    Ilhomiddin Said Olim jurnalist:

    – Axborot urushi bilan propagandaning maʼlum bir farqlari bor. Propaganda orqali tomonlar xalqaro hamjamiyatni ishontirishga harakat qiladi. Bugungi axborot urushining asosiy maydoni fuqarolik jurnalistikasi bo‘lib qoldi. Agar eʼtibor berib qarasangiz, G‘azo sektorida aynan fuqarolik jurnalistikasi ishlamoqda. Aynan fuqarolik jurnalistikasi dunyodagi eng yirik media kompaniya (CNN, The New York Times, The Washington Post va Fox News)lar bir tomonlama axborot berishini ko‘rsatib qo‘ydi. Ayni shu orqali fuqarolik jurnalistikasi axborot urushiga qo‘shildi. Fuqarolik jurnalistikasi xalqaro hamjamiyatni yoki davlatlarning pozitsiyalarini o‘zgartirishga majbur qilmoqda.

    The Real Debate Over Israel Is Taking Place Behind Closed Doors - POLITICO
    AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ortidan norozilik sifatida ko‘tarilgan qo‘llar
    Foto: Politico

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Bu yerda propaganda bilan axborot urushini ajratish juda murakkab. Chunki tomonlar shubhasiz targ‘ibotga qo‘l uradi. Targ‘ibotsiz esa axborot urushini amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborot urushi nafaqat urush olib borayotgan tomonda, balki boshqa davlatlar hududida ham kechmoqda. Hozir mamlakatlar turli axborot xurujlariga uchramoqda. Xususan, Markaziy Osiyo ham.

    Ilhomiddin Said Olim jurnalist:

    – Jurnalistikaning oltin tamoyili – bu xolislik hisoblanadi. Jurnalist propaganda bilan shug‘ullanmaydi. Agar jurnalist faqat bir tomonni olib chiqsa, u ham targ‘ibotchiga aylanadi. G‘arbdagi yirik media vakillari fuqarolik jurnalistikasining kuchini ko‘rganidan keyin G‘azodagi vaziyatga xolis yondashishga majbur bo‘ldi. Mojaro boshlanganida G‘arbda OAV jim turgan edi. Bundan tashqari Gaagada Isroilga qarshi sud jarayonini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritishda faqat Al-Jazeera va kichik media vakillari ishtirok etdi. Vaholanki, Rossiya Buchani bombardimon qilganidan keyin Ukraina Rossiya prezidentini xalqaro sudga berdi. Shunda sud jarayonini G‘arb matbuoti to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritgandi. Mana shu noxolislikni fuqarolik jurnalistikasi fosh qilib tashlayapti. Bu harakatlar G‘arb mamlakatlarining obro‘sini tushirib yubordi. Nazarimda, axborot urushi qurol urushidan o‘tib ketdi.

    Suhbatni jurnalist Sardor Ali olib bordi

    20.01.2024, 19:00   Izoh (0)   10992
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish uchun 10 banddan iborat reja ishlab chiqdi

    20.01.2024, 18:35

    Bayden Ukrainaga yordam ajratish masalasi kelasi haftadayoq hal bo‘lishiga umid qilmoqda

    20.01.2024, 17:32

    “Isroil HAMASni tashkil etishni moliyalashtirgan” — Josep Borrell

    20.01.2024, 16:55

    O‘zbekistondagi aviakompaniyalar soni o‘n bittaga yetdi

    20.01.2024, 16:19

    Eron razvedkasi 2020-yilda Tehrondagi Kobul universitetiga hujum uyushtirgan shaxs topilganini e’lon qildi

    20.01.2024, 15:37

    Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

    20.01.2024, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.