• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Panamalik “Frankenshteyn”. AQSH razvedkasiga ishlab, kokain savdosi bilan shug‘ullangan general Noryeganing qulatilishi

    Panamada ajoyib harbiy karyera qurgan Noryega bosh shtabda eng yuqori lavozimlarni egallab, oxir-oqibat mamlakat mudofaa kuchlarining bosh qo‘mondoniga aylandi. O‘ziga xos xarizmaga ega Noryega keskin qarorlari bilan dunyoga tanildi.

    Manuel Noryega
    Foto: AFP

    Mamlakatda harbiy to‘ntarishni amalga oshirgan general Omar Torrixosning maslakdoshi bo‘lgan Noryega keyinchalik generalning hokimiyatdan chetlatilishiga aloqador — u aviahalokat qurboniga aylangan edi.

    Qiziq jihati, Noryega yoshligida harbiy karyera qurishga intilmas, shifokor bo‘lishni xohlardi — ushbu kasb vakillariga qashshoq Panamada talab yuqori edi. Shifokorlik kasbidan voz kechgan Noryega Perudagi harbiy akademiyaga o‘qishga, undan so‘ng gvardiyaga xizmatga kiradi.

    Hokimiyat tepasiga kelgan Noryega mamlakatda diktatorlik rejimini o‘rnatdi, maxfiy politsiya va agentlar yordamida siyosiy raqiblarini yo‘q qildi. Rasmiy jihatdan oliy hokimiyat prezident qo‘lida bo‘lsa-da, haqiqiy boshqaruvni Noryega amalga oshirardi. Panama milliy ozodligining oliy rahbari — uning unvoni shunday atalardi.

    Shu bilan birga, bu vaqtda Noryeganing ittifoqchisi bo‘lgan AQSH uni so‘llarga qarshi turishda foydali sherik deya hisoblab, generalning harakatlariga ko‘z yumardi. Aslida esa Noryeganing o‘zi so‘llar bilan muloqotga kirishishni yoqtirmas edi.

    “Noryega butun umri davomida tushunish qiyin bo‘lgan jumboq-inson sifatida yashadi. Sadoqatli rafiqa sifatida u AQSH tarafida ekanini aytsa, boshqa tomondan liviyaliklar, nikaragualiklar, kubaliklar, Isroil razvedkasi bilan xiyonat qilardi… Oxir-oqibat ularning barchasi bu harbiy inson biror mamlakat yoki ideologiyaga emas, faqat o‘ziga sadoqatli ekanini tushundilar”, — deb yozadi amerikalik jurnalist Frederik Kempe “Diktator bilan ajrim: Noryega bilan no‘noq amerikacha roman” kitobida.
    Foto: AP Photo

    Muallifning o‘zi Noryegani uchta adabiy personaj — Richard III, “Oz mamlakatining sehrgari” va Frankenshteyn qorishmasi deb hisoblaydi.

    AQSH bilan do‘stlikdan dushmanlik sari qadam

    Noryega Markaziy razvedka boshqarmasi bilan 1950-yillardayoq hamkorlikni boshlaydi va hokimiyat tepasiga kelgach, amerikalik razvedkachilar Panamada kuzatuv postini ochishga ruxsat beradi — u yerdan boshqa davlatlarning dengiz yo‘lidagi faolligini kuzatish mumkin edi. Noryega, shuningdek, AQSH va Nikaraguadagi so‘l hukumatga qarshi kurashuvchi bo‘linmalar o‘rtasida vositachi rolini o‘ynadi. AQSH va Panama o‘rtasidagi siyosiy aloqa ham generalga giyohvand moddalar savdosini to‘xtatishga xalaqit bermadi.

    Amerika razvedkasi Noryeganing ishlaridan qanchalik boxabar ekaniga oid ma’lumotlar 1988-yil sentyabrda, AQSH prezidentligi uchun katta Jorj Bush va uning raqibi — demokrat Maykl Dukakis o‘rtasidagi saylovoldi debatlar vaqtida oshkor bo‘ldi.

    Bush Noryeganing MRBdagi ishlari haqida rostdan ham ko‘p narsani bilishi mumkin edi, chunki u mazkur tashkilotga rahbarlik qilardi. Debatlar vaqtida u Noryega AQSH bilan hamkorlik qilganini ta’kidlaydi, ammo ushbu hamkorlik prezident Ronald Reygan Noryeganing giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligini isbotlovchi dalillarni olganidan keyin to‘xtatiladi.

    Foto: AP Photo

    Amerika maxsus xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, narkotik moddalar savdosi orqali Noryega 200 milliondan 300 million dollargacha pul ishlab topgan. Kokain savdosidagi sheriklari esa kolumbiyalik narkokartel vakillari edi.

    1986-yilda AQSH Kongressi qabul qilgan rezolyutsiyada Panama rahbariyati Noryegani qo‘shinlar bosh qo‘mondoni lavozimidan olishga chaqiriladi, biroq mamlakat hukumati bunga rioya qilmaydi. Noryeganing o‘zi boshi uzra qora bulutlar to‘planishni boshlaganidan xabar topib eski do‘sti — Oq uy topshirig‘i bo‘yicha jangarilarga qurol yetkazib berishga oid bitimlarni nazorat qiladigan amerikalik polkovnik Oliver Nortga maktub yo‘llaydi.

    Londondagi uchrashuv vaqtida Noryega AQSH Milliy xavfsizlik kengashi a’zosi bo‘lgan Nortga Nikaraguadagi sandinistlar yetakchisi o‘ldirilishini tashkillashtirib bera olishini aytadi, buning evaziga Nort unga Amerika hukumati bilan munosabatlarini yaxshilab berishi kerak edi. Uchrashuv 1986-yilning sentyabrida bo‘lib o‘tgan. Nort Noryegani diqqat bilan tinglaydi, biroq unga yordam berishga ulgurmaydi — oradan ko‘p o‘tmay polkovnikning o‘zi “Eron-kontras” ishi bo‘yicha hibsga olinadi.

    1988-yilda AQSH sudi Noryegani AQSH giyohvand moddalar yetkazib berishni tashkillashtirishda aybdor deb topdi. Ammo aralashuvga panamalik harbiylar tomonidan amerikalik harbiy xizmatchining o‘ldirilishi sabab bo‘ldi — u vaqtlar Panama hududida AQSH harbiylarining kichik kontingenti joylashgandi.

    Shu munosabat bilan katta Jorj Bush Panamaga hujum boshlash va general Noryegani hibsga olishga qaror qiladi. Mamlakatning ko‘plab aholisi Noryegani yomon ko‘rsa-da, AQSHning Panamaga hujumi uning atrofida turli siyosiy kuchlar birlashuviga olib keldi.

    Foto: Wikimedia Commons

    “General Noryegaga qarshi yo‘naltirilgan hujum mamlakatga korrupsiyalashgan hukumatni o‘rnatishga qaratilgan”, — deyiladi Kommunistik partiyaning SSSRdagi hamkasblariga yo‘llagan murojaatida.

    Amerikacha shantaj

    Amerika “o‘z yigiti” bilan kelishishga harakat qilib ko‘radi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Vashington qo‘llab-quvvatlovi ostida Panamaga liberal islohotlar dasturini taklif qiladi, natijada mamlakat aholisining aksariyatining turmush darajasi keskin tushib ketadi. Shu boisdan 1985-yilda Noryega nafaqat iqtisodiy, balki AQSHdan Markaziy Amerika, G‘arbiy Yevropa va sotsialistik lagerga qaratilgan tashqi siyosiy yo‘nalish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

    Noryeganing Panama kanali masalasidagi o‘jarligi Vashingtonning ko‘proq jahlini chiqarar edi. Qo‘shma Shtatlar 1977-yilgi bitim shartlari qayta ko‘rib chiqilishiga keskin qarshilik ko‘rsatadi, ammo Noryega qat’iy turib oladi.

    Vaziyat jiddiy tus oladi. 1987-yilda AQSH Panamaga iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatish to‘xtatilishini e’lon qiladi. 1988-yil 8-aprel kuni AQSH prezidenti Ronald Reygan Panamaga nisbatan International Emergency Economic Powers Act’ni qabul qiladi. Hujjat bilan Amerika kompaniyalariga, ularning tuzilmaviy bo‘linmalari va AQSH fuqarolariga Panamaga pul mablag‘larini o‘tkazish taqiqlanadi. Bundan tashqari, AQSH Panamadagi harbiy kontingentini “mamlakat manfaatlari va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash” maqsadida harbiy xizmatchilari sonini 1,3 ming nafarga yetkazadi.

    Foto: AFP

    Shu yilning mayida Vashington ochiq-oydin Noryegaga taklif bilan chiqadi — u hokimiyatdan ketib, mamlakatni tark etsa, undan giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha barcha ayblovlar olib tashlanadi. O‘jar general rad javobini beradi.

    1989-yil 3-oktyabrda Panamada Noryegani ag‘darish uchun harbiy to‘ntarishga urinish ro‘y beradi. General isyonni bostiradi, ammo AQSH tomonidan “demokratiya yo‘lidan ketishni istamaydigan shaxs” sifatida ayblanadi.

    20-dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar operatsiya boshlaydi. Panamaga 26 ming amerikalik harbiylar aviatsiya va zirhli texnikalar qo‘llab-quvvatlovi ostida kirib keladi. Panama milliy mudofaasi esa 12 ming harbiydan oshmasdi.

    Vatikandagi mahbus

    Panama armiyasining qarshiligi AQSH harbiylari tomonidan tezda bostiriladi, Noryeganing o‘zi esa hibsdan qochish uchun Vatikandagi missiyasiga yashirinadi. Noryegani chiqarib olish uchun amerikalik harbiylar bino derazalari ostida baland musiqa qo‘yadi.

    Foto: Wikipedia

    Elchixona oynalari ostida yangragan xevi-metal musiqasi papa a’yonlarini aqldan ozdira boshlaydi. Biroq Van Xalen gitarasining kuchli ovozi jo‘rligida Noryega diqqatini jamlashga urinadi. “Men xayollarimga butkul cho‘mib, meditatsiya qilardim”, — deya keyinchalik eslaydi u.

    Ammo ko‘p o‘tmay uning xotirjamligi nihoyasiga yetdi — 1990-yillar boshida Noryega Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi agentlariga taslim bo‘ldi va AQSHga olib ketildi. 1992-yil aprelda AQSH sudi uni 40 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Noryega #41586 raqamli mahbusga aylandi — oxirgi ikki raqam xuddi 1986-yilda siyosiy karyerasi boshlangan muddatni eslatib turadigandek edi.

    Ko‘p o‘tmay Noryeganing jazo muddati 10 yilga qisqardi, harbiy sifatida biroz yengillikka ham ega bo‘ldi. 1997-yilda uning “Manuel Noryega. Amerikalik asir” nomli xotira kitobi chop etiladi.

    “Amerikaliklardan buyruq olganimni tan olmayman. Shuningdek, men Panamaning iqtisodiy o‘yinchilarining injiqliklari va manfaatlariga bo‘ysunmadim. Men Amerika tashviqot mashinasining hiyla-nayranglari, o‘zim tarafdagi taktik xatolar, Panama boy elitasining opportunizmi va Reygan hamda Bush boshchiligidagi AQSH hukumatining qonxo‘rligi natijasida Qo‘shma Shtatlarning dushmaniga aylandim”, — deb yozadi general.
    Foto: AP Photo

    2007-yil sentyabrda Noryega namunali xulqi uchun ozodlikka chiqariladi, biroq uni ozodlik emas, balki pul yuvishdagi qilmishlari uchun Fransiyaga ekstraditsiya qilishadi. Fransiya sudi uni 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi, ammo bir yildan keyin Fransiya uni Panamaga topshiradi. O‘z mamlakatida u siyosiy raqiblarining bedarak yo‘qolishida aybdor deb topilib, 20 yilga qamaladi. 2015-yilda bergan intervyusida u yurtdoshlaridan uzr so‘raydi: “Harbiy boshqaruvning bu sahifasini yopishni xohlayman va kechirim so‘rayman”.

    2017-yilning may oyida general Manuel Noryega 83 yoshida vafot etdi.

    30.12.2023, 17:22   Izoh (0)   13241
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Unda qomat va ayyorlikdan boshqa ayollarga xos jihat yo‘q edi”. Imperatorlar hayotini bag‘ishlagan Kleopatra taqdiri

    18.11.2023, 10:27

    Fir’avnlar hurmat qilgan va Gitlerni hayratga solib kelgan ayol: malika Nefertitining hayoti va sirli o‘limi

    16.12.2023, 14:45

    SSSR tarixidagi eng sirli rahbar: peshtaxtalarga arzon aroq chiqargan va keskin islohotlardan qo‘rqqan Yuriy Andropov taqdiri

    17.12.2023, 19:50

    Qozog‘istonda ichida 32 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

    30.12.2023, 13:19

    Zelenskiy janglar davom etayotgan Avdeyevkadagi ukrainalik askarlarni borib ko‘rdi

    30.12.2023, 12:15

    Polsha hududiga kirgan noma’lum obyekt Rossiya raketasi bo‘lgani aytilmoqda

    30.12.2023, 11:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.