Bugun, 17-yanvar soat 08:22 holatiga ko‘ra Toshkent havosining ifloslangani bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 8-o‘rinni egalladi. Bu haqda IQAir portalidagi ma’lumotlarda keltirilgan.
Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 161 mkg/m3ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifidagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egalladi — PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 232 mkg/m3. Hindistonning Kalkutta shahri 2-pog‘onada — 212 mkg/m3. Uchlikka Pokistonning Karachi shahri yakun yasadi — 212 mkg/m3.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.
Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni ham Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘rinni egallagandi. O‘tgan yilning 23-yanvar kuni esa Toshkent eng yomon havo bo‘yicha IQAir reytingida dunyoda uchinchi o‘ringa chiqqandi.
Izoh (0)