Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 23-yanvar kuni dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi.
AQSHning Havo sifati indeksi platformasi reytingiga ko‘ra, poytaxtdagi PM2.5 chang zarralari JSST havo sifati bo‘yicha yillik yo‘riqnoma qiymatidan 26,2 baravarga oshdi.
Bundan paytda niqob taqish, derazalarni yopish va havo tozalagichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Mutaxassislar 151 birlikdan 200 birlikkacha bo‘lgan havo sifatini salomatlik uchun zararli degan xulosa bergan. Agar bu ko‘rsatkich 201 dan 300 gacha bo‘lsa, juda zararli, 300 birlikdan oshganda esa xavfli nuqtaga yetadi.
Izoh (0)