• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qish iliq kelgani sabab mevali daraxt va sabzavotlar “uyg‘onmoqda”. Havo sovisa, ekinlar hosilsiz qolishi mumkin

    Qish iliq kelishi ortidan O‘zbekiston tog‘ etaklaridagi bodom, o‘rik, shaftolilar gullay boshlagan. “O‘zgidromet” mutaxassisi qish yakunigacha bir necha marta qor yog‘ishi va sovuq bo‘lishini maʼlum qildi. Bunday vaziyatda ekinlar taqdiri nima bo‘ladi?

    Foto: Facebook / Albert Popov

    Bu yilgi qish ko‘proq iliq, baʼzan biroz sovuq bo‘layotgan o‘ynoqi havosi bilan ko‘pchilikni ajablantirmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi qator sohalarga, xususan, qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarba berishi mumkin. Masalan, havoning ilishi daraxtlarni qishki uyquga ketadigan paytda gullatib yuboradi. Keyin birdan sovuq bo‘lishi ortidan bevaqt “uyg‘onib”, gullab yuborgan daraxtlar hosilidan ayriladi.

    Foto: Facebook / Albert Popov

    “O‘zgidromet” bo‘lim boshlig‘i Humoyun Mag‘ripovning aytishicha, qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘ladi.

    “Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — dedi mutaxassis.

    Iqlimshunos Erkin Abdulahatov ham “Daryo” muxbiri bilan suhbatda mintaqa qish oyida shimoldan kirib keladigan sovuqqa moyil ekanini aytdi.

    “Bir marta bo‘lsa ham sovuq kirib kelib, havo harorati 10-15 darajagacha sovib ketishi xavfi mavjud. Agar bu yuz bersa, daraxtlar o‘z hosilidan 100 foizga ayriladi — keyingi yil hosil bermaydi. Undan asosan barg chiqadi, kamiga tezroq qarib qolishi kuzatiladi. Iqlim o‘zgarishining tibbiyot bilan qishloq xo‘jaligiga yetkazgan zarari asta-sekin bo‘y ko‘rsatadi”, — dedi olim.
    Erkin Abdulahatov
    Foto: “Daryo”

    Erkin Abdulahatov iliq qish qishloq xo‘jaligida nafaqat erta vegetatsiya, mevali daraxtlarda hosilning kamayishi, balki qurt-qumursqalar va turli kasallik xavfini ham oshirishini qo‘shimcha qilgan. Tadqiqotchining eslatishicha, 2016-yilning yanvar—fevral oylari iliq kechgani qishloq xo‘jalik yer maydonlarida sovuqlik taʼsirining yil boshidan ro‘y bermasligiga olib kelgandi.

    “Oqibatda qishloq xo‘jalik sektorida erta vegetatsiya davri yuz bergan. Bahoriy namlik g‘alla o‘simliklarining ertaroq boshoqqa kirishi fazasida to‘satdan sariq va qo‘ng‘ir zang kasalligi tarqalgan. G‘alla dalalarida sariq zang kasalligining keng masshtabda tarqalishi hosilning 45-50 foizgacha kamayishiga olib keladi. Zang kasalligidan kuchli zararlangan bug‘doy somonini na molga berib, na uning donini tegirmonga solib bo‘ladi. Yurtimizda o‘shanda beqaror bahor oylarida katta g‘alla maydonlarida bug‘doy bargi atlas rangga kirib, zang kasalligiga uchragan edi”, — deya fikr bildirgan iqlimshunos.

    Fermerlar kengashi vakili, agronom Ulug‘bek Xudoyberdiyev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda iliq qish hukm surayotgan vaziyatda mevali daraxtlar va sabzavotlar “uyg‘onib” ketmasligi uchun qanday chora ko‘rish kerakligi haqida gapirdi.

    “Qishning iliq kelgani sabab erta gullaydigan bodom, shaftoli, o‘riklarni kechasi, havo harorati pasaygan paytda sug‘orish kerak. Shunda ularning “uyg‘onishi” 10-15 kunga sekinlashadi. Agar meva gullagan vaziyatda havo sovib ketsa, u bor mevasidan ayriladi. Kech gullagan daraxtlargina mevasini “ushlab qoladi”. Uzumlarni ham sug‘orish, imkoni bo‘lsa, mart oyigacha tuproqqa ko‘mib qo‘ygan yaxshi. Davomli iliq havo sentabrdan oldin ekilgan piyoz, sarimsoq piyoz va boshqa ekinlarni urug‘lashga olib keladi. Shuning uchun ularni ham doimiy sug‘orish lozim. Meva va sabzavotlarni haftada bir marta sug‘orsa bo‘ladi. Hozirgi iliq havo sentabrda sepilgan g‘allalarga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Ularga ham suv berib turish kerak”, — dedi agronom.

    Erkin Abdulahatov ochiqlikdagi daraxtlar erta “uyg‘onib” ketmasligi uchun ilm-fan yutuqlari borligini ham taʼkidlagan. Yaʼni hozirgi havo to‘lqinlarida 5-6 daraja farq mavjud va daraxtga taʼsir o‘tkazish orqali uning tanasidagi haroratni 2 darajaga pasaytirib tursa bo‘ladi.

    “Bu huddi odam isitmasini shpris orqali pasaytirishga o‘xshash jarayon. Agar mazkur usul dekabr oyi boshlarida qo‘llanganda, ancha foydali bo‘lardi. Hozirda daraxtlarga stress asosan tog‘ etaklarida bo‘lyapti, tekislik hududlarida esa u darajada emas. Tog‘ etaklarida noyabr va dekabr oylarida isish kuchli bo‘ldi. Oqibatda ko‘plab hududlarda bodom va boshqa daraxtlar gullab yubormoqda”,—deya holatni izohlagan olim.

    Daraxt va uning bo‘lg‘usi hosilini asrab qolish uchun ildiz tagiga muz solib qo‘yish ham samara beradi. Bu usul ham daraxtning uyg‘onib ketish “kayfiyat”ini pasaytiradi.

    Umuman olganda, mevalar va sabzavotlarning qay darajada hosil berishi qishning keyingi “qadamlariga” bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

    09.01.2024, 15:25   Izoh (0)   36814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qish iliq kelgani insonlar salomatligi va ekinlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi” — iqlimshunos

    04.01.2024, 19:17

    O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kuzatilishi mumkinmi?

    05.01.2024, 16:24

    “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi

    06.01.2024, 10:45

    Haj-2024 mavsumida ziyoratchilar uchun yanada qulayliklar yaratiladi

    09.01.2024, 15:03

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlar subsidiya olish huquqidan vaqtincha mahrum qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    09.01.2024, 14:09

    O‘zbekistonda chiqindi tashishda elektromobildan foydalaniladi

    09.01.2024, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.