“O‘zgidromet” 8—10-yanvar kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-yanvarda ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 9—10-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-yanvarda ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 9-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; 10-yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-yanvarda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9—10-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-yanvarda ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 9-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 10-yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-yanvarda ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 9-yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 10-yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-yanvarda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9—10-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-yanvarda 7-12 daraja iliq, 9—10-yanvarda 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. 9—10-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. 8—9-yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 8-yanvarda kechasi 4 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 9—10-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda 7-yanvar kuni havo harorati 14 darajagacha ilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)