“Tolibon” hijob o‘rash talabiga rioya qilmagan ayollarni hibsga olayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning TOLOnews telekanaliga aytishicha, ular xorijdan kelgan buyruq bilan Afg‘onistonda hijobni boykot qilishni targ‘ib qilayotgan “josuslar”ni shu yo‘l bilan jazolaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar bir necha soat davomida ayol politsiyachilar tomonidan ushlab turiladi. Bu vaqtda ularning qarindoshlari ishtirokida tushuntirish suhbati o‘tkaziladi — hech kim qamoqqa yuborilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda 2023-yil iyun oyida “Tolibon” homilador ayolni hijobga rioya qilmaganlikda ayblagandi. Holat yuzasidan ayolning eri va o‘g‘li bilan suhbat olib borilgan. Shundan so‘ng homilador ayol o‘gay o‘g‘li tomonidan erining ko‘z o‘ngida pichoqlangan. “Tolibon” holat yuzasidan ayolning erini hibsga olgan, biroq qotil qochib ketgan.
Izoh (0)