Toshkent shahrining uch tumani: Mirobod, Bektemir, Sergeli tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 4-yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Bektemir tumani: “Oltintopgan” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
- Sergeli tumani: “O‘zgarish” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)