Navoiy viloyatidan Moskvaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Uzbekistan Airports holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9617 reysi bilan Navoiy-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Urganch aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Bortida 107 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 18:42 da Urganch aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchi (O‘zbekiston fuqarosi) reysdan olinib, Urganch shahar shifoxonasiga yotqizildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 19:51da Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti “Vnukovo” aeroportiga uchib ketdi.
Izoh (0)